1 iyuldan bond omborlari taşkil qilişga ruxsat berilmoqda. Xöş, bu özi qanaqa ombor, uni kimlar oça oladi, bu yangilikning narx-navoga ta’siri qanaqa böladi? Kun.uz savollariga Istiqbolli loyihalar milliy agentligi boşqarma boşliği Komronbek Muhammadiyev javob berdi.

Özbekistonda 2026 yil 1 iyuldan e’tiboran ikki yillik huquqiy eksperiment boşlanadi: yangi turdagi erkin ombor – bond omborlari taşkil etişga ruxsat berilmoqda.

Bond omborlari – jismoniy şaxslarga şaxsiy ehtiyojlari uçun sotiladigan import tovarlarni vaqtinça saqlaş uçun möljallangan. U yerdagi tovarlar faqat marketpleyslar orqali sotiladi.

Bond omboriga joylanadigan tovarlar ikki guruhga ajratilgan. Birinçi guruhdagi tovarlar: smartfon, noutbuk, planşet va boşqa ayrim yarim elektronika tovarlari jönatmalar deklaratsiyasi asosida jismoniy şaxslarga çiqarilganda, bojsiz olib kiriş normalari tatbiq etilmaydi va amaldagi bojxona tölovlari örniga ularning sotiş qiymatidan 5 foiz yagona bojxona tölovi undiriladi. QQS undirilmaydi.

Ikkinçi guruh tovarlarga xalqaro miqyosda brend bölmagan kiyim-keçak va poyabzallar kiradi. Ularni sotişda QQS va 3 foiz bojxona boji undiriladi.

Komronbek Muhammadiyevning sözlariga köra, bu tartib elektron tijorat sohasini rivojlantiriş va yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş imkonini beradi.

— Bond omborlari faoliyati Özbekistonda birinçi marta eksperiment tariqasida yölga qöyilyapti. Bond omborlari nima, u yerga tovarlar qanday joylaştiriladi va bojlar qanday böladi?

— Elektron tijorat sohasi Özbekistonda jadal rivojlanyapti, lekin çakana savdoda uluşi hozirgi kunda ham dunyodagi örtaça körsatkiçlar böyiça baribir past. Bizda elektron tijorat uluşi salkam 5 foizni taşkil etadi, dunyodagi örtaça körsatkiç esa 15-20 foiz.

Ikkinçi masala, hammamiz hozir körib turibmiz, barça davlat organlari birlaşib, xufiyona iqtisodiyotga qarşi kuraşişni asosiy maqsad deb belgilab qöygan. Şu maqsadni bajariş borasida bizga vazifa qöyildi. Bond omborlari orqali tovarlarni, ya’ni elektron savdo platformalari, oddiy qilib aytganda marketpleyslar orqali sotişni yölga qöyiş. Bundan asosiy maqsad nima? Birinçidan, oçiq-oydin aytiş kerak, har xil yöllar bilan – kargo deymizmi yo kurer jönatmalari orqalimi – tadbirkorlar tovarlarni olib kirib kelyapti. Va buning natijasida köpgina aylanma, pul mablağlari kulrang zonada qolyapti. Bond omborlari orqali esa tadbirkor çet eldan tovarlarni import qilayotganda,