Mahaçqal’aning Lenin rayon sudi Sergoqal’a rayonining sobiq rahbari, öğillari Doğistondagi teraktlarni amalga oşirişda qatnaşgani gumon qilinayotgan Magomed Omarovni 10 kun muddatga hibsga oldi. Bu haqda TASS agentligi Doğiston oliy sudi matbuot xizmati rahbari Zarema Mamayevaga asoslanib xabar bermoqda. 

Omarov mayda bezorilik (Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 20.1 moddasi, 1-qismi) böyiça ma’muriy moddaga asosan hibs qilingan. U aynan nimada ayblanayotganiga Mamayeva aniqlik kiritmagan.

TASSning Doğistondagi huquq-tartibot organlaridagi manbasi Omarovga terrorçilarga yordam beriş böyiça ayblov e’lon qilinişi mumkin. 

Magomed Omarov 23 iyun kuni keçqurun uning öğillari — Osman va Adil Omarov Mahaçqal’a va Derbentdagi hujumlarda iştirok etgani haqidagi xabarlardan keyin uşlangandi. Mash ma’lumotiga köra, aka-ukalar Derbentdagi sinagog hamda pravoslav ibodatxonasiga terrorçilik hujumini amalga oşirişda iştirok etgan. TASS xabariga köra, Osman Omarov Mahaçqal’adagi aksilterror amaliyot çoğida öldirilgan. Baza ham teraktda Omarovning öğillari Osman va Adil, şuningdek, uning qarindoşi Abdusamad Amadziyev iştirok etgani haqida xabar qilgan.

The Insider öz manbasiga tayanib yozişiça, Adil Omarov hujumda qatnaşmagan, u tirik va politsiya bölimiga olib borilgan. «Interfaks» Magomed Omarov qölga olingani töğrisidagi materialida, dastlabki ma’lumotlarga köra, Derbent va Mahaçqal’adagi hujumlarni sodir etganlar orasida rayonning sobiq rahbarining öğillaridan biri bölganini yozgan.

  • Jangarilar Derbent va Mahaçqal’ada 23 iyun kuni hujum sodir etgandi. Ular ikkita pravoslav çerkoviga, sinagogga hamda yöl-patrul xizmati postiga hujum qilişgan. Yana bir hujum Derbentdan 80 kilometr masofadagi Sergoqal’a qişloğida uyuştirilgan. Sönggi ma’lumotlarga köra, hujumlar oqibatida 21 kişi halok bölgan, şundan 16 nafari politsiyaçilar va Rosgvardiya xodimidir. Doğiston respublikasi rahbari Sergey Melikov Magomed Omarovni teraktdan keyingi kuniyoq iste’foga çiqargan.