Ukrainada uruşning 854-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- NATO elçilari Mark Ryutteni NATOning yangi boş kotibi sifatida tasdiqlaşdi.
- Yevroittifoq Belarusga nisbatan yangi sanksiyalarni kelişib oldi. Bu çeklovlar Rossiyaga qarşi çeklovlardagi «eng katta lazeyka»ni yopişi közda tutilgan.
- Zelenskiy ingliz tilining Ukrainadagi maqomi töğrisidagi farmonini imzoladi. Endi bu tilni boğçadan boşlab öqitiş majburiy böladi.
- Yevroittifoq sudi milliarder Dmitriy Pumpyanskiyga qöyilgan sanksiyalarni bekor qildi.
- Ukrainaning Yevroittifoqqa kirişi masalasida rasmiy muzokaralar boşlandi.
- Rossiya TIV rus naşrlari Yevropada taqiqlanişiga javoban ğarbning 81 ta naşriga çeklov örnatdi.
- Belgorod oblastida Ukraina qurolli kuçlari hujumi oqibatida tinç aholi vakili bölgan ayol halok böldi. Yana bir neça kişi jarohatlangan.
- Trampning maslahatçilari Ukrainada uruşni töxtatiş rejasini taqdim etişdi. Ular agar Moskva bilan muzokaralardan boş tortgudek bölsa, Kiyevni AQŞning harbiy yordamidan mahrum etişni taklif qilişgan.
Rossiya va Ukraina örtasida asirlar almaşuvi
Rossiya va Ukraina 25 iyun kuni «90 ga 90» sxemasi böyiça asirlar almaşuvini amalga oşirdi. Ukraina Rossiya tomoniga qaytarganlar orasida Ukraina pravoslav çerkovi Tulçinskaya yeparxiyasi mitropoliti, Ukrainada Rossiya tajovuzini oqlagani uçun qamalgan Ionafan (Anatoliy Yeletskix) ğam bor. Almaşuv kuni çerkov Kirill Ionafanni Moskvada qabul qilgani va uni I darajali Sergiy Radonejskiy ordeni bilan taqdirlagani haqida xabar berdi.































