26 iyun kuni “Özatom” agentligi va “Rosatom” davlat korporatsiyasi muhandislik bölimi rahbarlarining uçraşuvi bölib ötdi. Unda kam quvvatli atom elektr stansiyasi (KQAES) maydonida quriliş böyiça birinçi ştab taşkil etildi, deya xabar bermoqda “Özatom” agentligi.
Ma’lum qilinişiça, qurilajak 6 blokli AES uçun kuz oylarida infratuzilma obektlari yaratilişi reja qilingan. Tomonlar ştab maydonida belgilangan vaqtda quriliş işlarini boşlaş, barça infratuzilma bilan ta’minlangan quruvçilar şaharçasini barpo etiş masalalarini muhokama qildi.
Şuningdek, “Özatom” agentligi rahbari iştirokida AES qurilişi böyiça şartnomaning kuçga kiriş tartibi töğrisidagi bayonnoma imzolandi. Bayonnomani “Özatom” agentligi AES quriliş direksiyasi direktori Otabek Omonov va “Atomstroeksport” AJning Markaziy Osiyoda AES qurilişi loyihasi direktori Pavel Bezrukov imzoladi.

Rossiya delegatsiyasining quriliş maydoniga taşrifi doirasida Jizzax viloyati hokimi Ergaş Soliyev bilan ham uçraşuv taşkil etilgan.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda kam quvvatli AES quriş böyiça şartnoma 27 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Özbekistonga davlat taşrifi doirasida, “Özatom”ning AES quriliş direksiyasi va “Rosatom”ning “Atomstroyeksport” kompaniyasi örtasida imzolangan edi.
Putinning uşbu taşrifi doirasida, şuningdek, Özbekistonda AES quriş borasidagi hamkorlik töğrisida 2018 yil 7 sentabrda imzolangan hukumatlararo bitimga özgartirişlar kiritiş haqida bayonnoma ham tasdiqlangan edi.
“Özatom” agentligi kam quvvatli AES qurilişi işlari şu yil yozdayoq boşlanişi, ilk reaktor 5 yildan keyin işga tuşirilişini ma’lum qilgan. Loyihaning qiymati va moliyalaştiriş manbalari ma’lum emas.
Stansiya Jizzax viloyatining Foriş tumanida, Tuzkon köli yaqinida – avvalroq katta AESni joylaştiriş közda tutilgan joyda quriladi.









