Prezidentning «Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»ga farmoni imzolandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mamlakatda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida o‘zining yuksak azmu shijoati, bilim va salohiyati, iste’dod va qobiliyatini namoyon etib, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga, uning shon-shuhratini jahon miqyosida yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, el-yurtga mehr va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga har tomonlama o‘rnak bo‘lib kelayotgan tashabbuskor va yetakchi yoshlar «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlandi.

  • Kuanishbayeva Gulayim Maxambetali qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich talabasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Srajatdinov Amanbay Konisbay uli - Nukus shahridagi “Real Innovatsiya NKS” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Turdaliyev Sardorbek Sherali o‘g‘li - Baliqchi tumanidagi “Academy IT Star” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati
  • Xaytaxmatova Dilnavoz Alijon qizi - Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2-bosqich talabasi, Andijon viloyati
  • Obloqulova Dilafruz Shuhrat qizi - Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasining raqamlashtirish va matbuot xizmati bo‘yicha bosh mutaxassisi
  • Ostonov Og‘abek O‘lmas o‘g‘li - Jondor tumanidagi “Sharif Nafosat” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish yurituvchisi, Buxoro viloyati
  • Sattorov Elbek Xoliqul o‘g‘li - Baxmal tumanidagi “Azzam Elbekovich” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati
  • Hoshimova Shaxlo Ulug‘bek qizi - Jizzax politexnika institutining qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash kafedrasi assistenti, Jizzax viloyati
  • Pardayev Ulmasjon Dovurpulat o‘g‘li - Muborak tumani “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Qashqadaryo viloyati
  • Xo‘jayeva Roxilabonu Saidusmon qizi