Keça, 26 iyun kuni Toşkentda “Uzbekonomics” loyihasi 5 yoşga tölgani munosabati bilan, podkastning yangi soni Aloqabank hamkorligida jonli efirda va tomoşabinlar iştirokida suratga olindi.

Unda loyiha asosçilari, iqtisodiyot fanlari doktori – Botir Qobilov va Viskonsin universiteti tadqiqotçisi, fan doktori – Behzod Hoşimov iştirok etdi.

Uçraşuv bankning innovatsion texnologik yutuqlari va natijalarini aks etgan taqdimot bilan boşlandi. Şuningdek, ekskursiya davomida iştirokçilar bankning zamonaviy yondaşuvi bilan tanişib, yangiliklar haqida ma’lumot oldi.

Jonli uçraşuv davomida tomoşabinlar moliyaviy savodxonlik masalalari yuzasidan özlarini qiziqtirgan savollarga javob topdi. Podkast yakunida barça mehmonlar özaro muloqot qiliş imkoniyati bilan birgalikda Aloqabank tomonidan taqdim etilgan esdalik sovğalariga ham ega bölişdi.

“30 iyun – Yoşlar kuni munosabati bilan bu uçraşuv ayniqsa dolzarb böldi. Aloqabank yoşlar uçun köplab imkoniyatlar yaratiş va ularning rivojlanişiga hissa qöşiş maqsadida bu kabi tadbirlarni muntazam ravişda taşkil etişni öz oldiga maqsad qilib qöygan. Bank yoşlarning kelajagi uçun muhim bölgan loyihalarni qöllab-quvvatlaşda davom etadi!”, – deyiladi xabarda.
Reklama huquqi asosida















