Ukraina «uruşni çöziş»ngi istamayapti, ittifoqçilar bilan birgalikda işlab çiqilayotgan, mojaroni tinç yöl bilan hal qiliş böyiça reja esa bir neça oy içida tayyor bölişi kerak, dedi Bryusseldagi konferensiyada prezident Volodimir Zelenskiy. Uning sözlari videosi Yevrokengaş rahbari Şarl Mişel tomonidan e’lon qilingan.
«Bizda vaqt köp emas, çunki bizda jang maydonida, şuningdek tinç aholi orasida yaralanganlar va halok bölganlar köp. Şuning uçun biz bu uruş yillar mobaynida davom etişini istamaymiz», — degan Zelenskiy.
Prezident Ukraina ikkinçi tinçlik sammitiga qadar tinçlik rejasini tayyorlaşni rejalaştirayotganini qöşimça qilgan. Ikkinçi uçraşuv qaçon va qayerda ötkazilişiga Zelenskiy aniqlik kiritmagan.
Avvalroq prezident ofisi rahbari örinbosari Igor Jovkva «Interfaks-Ukraina» agentligi bilan suhbatda ikkinçi sammitni 2024 yil yakuniga qadar ötkaziş rejalaştirilayotganini aytgandi. Ofis rahbari Andrey Yermak uçraşuvga Rossiya vakillari taklif etilişi mumkinligini aytgan.
Bundan oldinroq keyingi sammitda Rossiyadan vakillar iştirok etişi mumkinligini Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitro Kuleba ham istisno etmagandi. «Ğoyaga köra, keyingi sammit uruşning yakunlanişi bölişi kerak. Va, albatta, buning uçun muzokaralar stolida boşqa tomon ham kerak böladi. Bu aniq», — degan u.
- Tinçlik sammiti 15-16 iyun kunlari Şveytsariyadagi Byurgenştok şahrida bölib ötgandi. Bu Ukraina tomonidan «tinçlik formulasi»ni muhokama qiliş böyiça bildirilgan taşabbus edi — Ukraina tomoniga köra, Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşni yakunlaş uçun mazkur hujjatning bandlari bajarilişi kerak.
- Uçraşuvda taşabbusdagi faqat uçta band muhokama qilingan: yadroviy xavfsizlik, oziq-ovqat xavfsizligi, şuningdek asirlar almaşuvi va deportatsiya qilingan ukrain bolalar qaytarilişi. Tadbirda 90 dan ortiq mamlakat vakillari qatnaşdi, yakuniy deklaratsiyani 85 mamlakat imzoladi.
- Sammit arafasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy harakatlarni töxtatiş uçun öz şartlarini ma’lum qilgandi. Prezidentning talablari quyidagilarni öz içiga oladi: ukrain qöşinini Donetsk, Luhansk, Xerson va Zaporijjya oblastlaridan olib çiqiş; Ukraina NATOga a’zo bölişdan boş tortişi; RFning anneksiya qilib olingan hududlari Kiyev tomonidan tan olinişi; sanksiyalar bekor qilinişi. Zelenskiy Putinning talablarini «işonib bölmaydigan ultimatum» deb atagan.













