Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda bir guruh şaxslar bir kişini temir bölagi va bitalar bilan kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati munosabat bildirdi.
Unda aytişiça, internentda tarqalgan holat böyiça jinoyat sodir etişda gumonlanayotgan barça şaxslar uşlangan.
Ularga nisbatan Xöjaobod tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-modda 2-qismi “i” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Qayd etilişiça, hozirda jinoyat işi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Uşbu jinoyatni sodir etişda gumonlanayotgan şaxslarga nisbatan jazoning muqararligi ta’minlanadi”, deyiladi munosabatda.
Ma’lumot uçun, Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “i” bandida (bir guruh şaxslar tomonidan qasddan badanga örtaça oğir şikast yetkaziş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan şaxslarga uç yildan beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanişi közda tutilgan.












