«Men Telegram'ga işonmayman. Men ularning (Yevropadagi) foydalanuvçilari soni 42 mln ekaniga işonmayman. Biz komissiyadagilar servis allaqaçon 45 mlndan ortiq foydalanuvçiga ega ekaniga işonçimiz komil. Yevrokomissiya ayni paytda biz suriştiruv boşlaşimiz kerak yoki yöqligini tekşirmoqda», degan Yourovaning sözlarini keltirmoqda Süddeutsche Zeitung.
Yevropada qabul qilingan yangi qonunga köra, foydalanuvçilari soni 45 milliondan oşgan raqamli platformalar zararli kontent, xususan propagandaning tarqalişi hamda narkotrafik va kontrabandaga qarşi kuraşiş böyiça jiddiy çoralar körişi kerak. Telegram esa Yevropa Ittifoqidagi foydalanuvçilari sonini 42 million deb körsatib, bu qonun messenjerga taalluqli emas deb hisoblayapti.
Yevropa qadriyatlari va oçiqlik böyiça yevrokomissar Vera Yourova 2 iyun kuni Bloomberg agentligiga bergan intervyusida Yevrokomissiya Telegram messenjerining YeIdagi foydalanuvçilari sonini tekşirişini aytgan edi. Uning sözlariga köra, real foydalanuvçilar soni rasman e’lon qilingan 42 milliondan köproq va Yevrokomissiya «Telegram'ni çuqurroq örganişi»ga töğri keladi.
Bungaça Yevropa Ittifoqi Telegram'ning qat’iy tartibga solinmaganini ta’kidlab, messenjerni dezinformatsiya tarqatayotganlikda ayblagan edi.
Xabarlar almaşinuviga möljallangan messenjer kremlparast akkauntlarning dezinformatsiya tarqatişdagi asosiy quroliga aylanib bölgan va bu feyk xabarlar bilan kuraşiş boş masalaga aylangan yevropalik mulozimlarning qattiq e’tiroziga sabab bölmoqda, deb yozgan Bloomberg.
«Telegram'da dezinformatsiya oçiq va mutlaqo nazoratsiz tarqatilmoqda», – degan Estoniya boş vaziri Kaya Kallas. Kontentni öçiriş uçun berilgan talabnomalar köpinça e’tiborsiz qoldiriladi, degan u.
Yevropadagi rasmiylarga köra, Telegram propagandistik guruhlar öz informatsiyasini kengroq auditoriyaga yetkaziş uçun kontentni faol ijtimoiy hamjamiyatlar orqali tarqatişga möljallangan öziga xos köprik vazifasini ötamoqda.
«Telegram turli rossiyaparast sub’yektlar, şuningdek, ançadan buyon denzinformatsiya tarqatib kelayotgan alohida şaxslar orasida maşhur, çunki kontentning moderatsiyasi amalda yöq», – degan Slovakiya Içki işlar vazirligi qoşidagi hibrid tahdidlarga qarşi kuraşiş markazi sobiq direktori Daniel Milo.
Yevropa Ittifoqi yaqinda Yevropa saylovlarida yovuz maqsadlardagi dezinformatsiya tarqalişiga xalaqit beriş maqsadida noqonuniy va zararli kontentlarga qarşi kuraşiş böyiça öz vakolatlarini kengaytirib oldi.









