Ijtimoiy tarmoqlarda yoşlar örtasida “One Chip Challenge” çipsini iste’mol qiliş böyiça çellenj boşlangani, bu esa salomatlik bilan boğliq bir qança köngilsiz holatlarga olib kelayotgani töğrisida ma’lumotlar tarqaldi. Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi holatga munosabat bildirdi.

“Fuqarolarimizdan “Uşbu mahsulot Özbekistonga ham olib kelinganmi?”, “Mahsulotga Sanepidqömita tomonidan sanitariya-epidemiologik xulosa berilganmi?” degan savollar kelib tuşmoqda.

Sanepidqömita tomonidan “One Chip Challenge” mahsuloti uçun sanitariya-epidemiologik xulosa berilmaganligini, şu bilan birga uşbu mahsulotga xulosa oliş böyiça tadbirkorlar tomonidan murojaat ham bölmaganligini ma’lum qilamiz”, deyiladi munosabatda.

Sanepidqömita fuqarolardan xavfsizligi tekşirilmagan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid va iste’mol qilmaslikni söragan.