Qaşqadaryo viloyatining Qarşi tumanida özlarining 8 kunlik qizini sotmoqçi bölgan er-xotinga hukm öqildi.

Kun.uz tanişgan sud hukmida keltirilişiça, 1971 yilda tuğilgan, 7 farzandning otasi bölgan B.Q. 35 yoşli M.A. bilan özi qorovul bölib işlovçi korxonada şa’riy nikoh asosida birga yaşab kelgan. Ular 2024 yilning 25 fevral kuni qiz farzandli bölişgan.

Ayol çaqaloğini sotib, uy oliş haqida öylagan va buni B.Q.ga aytgan. Şu tariqa ular qiziga xaridor izlagan. 2024 yilning 5 mart kuni çaqaloqni olmoqçi bölgan fuqaro B.Q.ning uyiga kelgan va ular “savdolaşgan”. Avvaliga “xaridor” 150 mln söm olib kelganini aytgan. B.Q. esa bu kam ekanini, qizini 200 mln sömga sotişini bildirgan. Ular 190 mln sömga kelişgan.

B.Q. kelişilgan puldan 45 mln sömini olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda uşlangan.

Jinoyat işlari böyiça Qarşi tuman sudining 2024 yil 28 iyundagi hukmi bilan B.Q. hamda M.A. Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. M.Q.ga 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş, M.A.ga esa 4 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.