Raqobat qömitasi elektr energiyasi ortiqça hisoblananayotgan holatlarni örganadi. Bu haqda qömita matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, ijtimoiy tarmoqlarda hisoblagiçlarning elektr quvvatini ortiqça hisoblayotganligi va bu qöşimça xarajatlarga sabab bölayotganligi yuzasidan iste’molçilar tomonidan murojaatlar tarqalib, bu keng jamoatçilikning e’tirozlariga sabab bölmoqda.

Mazkur holatlarni joylarga çiqqan holatda örganib, muammolarni manzilli hal etiş çoralarini köriş maqsadida Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi tomonidan tezkor işçi guruh taşkil etilgan. Işçi guruh tarkibiga Raqobat qömitasi bilan birgalikda, “Özenergoinspeksiya”, Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligi hamda “Toşkent şahar elektr tarmoqlari” MÇJ vakillari jalb qilingan.

“Uşbu holatlarni örganiş davomida aniqlanadigan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça qonuniy çoralar körilişi ta’minlanadi”, deyiladi qömita xabarida.

Iste’molçilardan şu kabi muammoli holatlar mavjud bölsa Raqobat qömitasining yagona işonç (1159) raqamiga yoki Telegram messenjerida @rquzBot boti orqali murojaat qiliş söralgan.