Avvalroq Kun.uz madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Toşkentdagi erkaklar kiyim dökonini reklama qilgani haqida yozgandi. Holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi.
Holat yuzasidan madaniyat vazirligi rasmiy munosabat bildirdi. Vazirlikka köra, Ozodbek Nazarbekov “The Voice of Uzbekistan” loyihasi hakamlar hay’ati a’zosi sifatida “Kingsman Uzbekistan” kiyimlar dökoniga taşrif buyurib, loyihaning navbatdagi sonini tasvirga oliş jarayonida qatnaşiş uçun loyiha imijmeykerlari bilan birgalikda libos tanlagan.
"Libos tanlaş jarayonida lavhada aytib ötilganidek, O.Nazarbekov milliy brend rivoji uçun özining şaxsiy fikrlarini bildirib, tavsiya berib ötgan. Bu orqali mamlakatimizda yaratib berilgan qulay biznes muhiti tufayli faoliyatini samarali yölga qöygan, xorijnikidan aslo qolişmaydigan sifatli mahsulotlar tayyorlaşga intilayotgan mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş nazarda tutilgan.
Ya’ni bundan Nazarbekovning heç qanday moddiy manfaatdorligi yoki reklama orqali naf oliş maqsadi közlanmagan"- deyiladi rasmiy xabarda.
Bayonotda Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vaziri, qolaversa, Özbekiston xalq artisti va davlat xizmatçisi sifatida Özbekiston Respublikasining barça qonunlarini hurmat qilişi va ularga qat’iy rioya etişi qöşimça qilingan.
"Şu örinda, ommaviy axborot vositalari va jamoatçilikdan holatga xolisona baho berişlarini, jarayonni noörin ayblovlar bilan yoritmasliklarini sörab qolamiz", - deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib ötamiz, Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi uşbu holatning “Reklama töğrisida”gi qonunga mosligi örganilişini ma’lum qilgan.












