Bugun Yevropa çempionatida 1/4 final bosqiçi start oladi. 5 iyul kungi öyinlarning ikkisi ham — yorqin afişaga ega. Muxlislarni avvaliga Yevro-2008 finali remeyki, keyin esa — Yevro-2016 finali remeyki kutmoqda.

Ispaniya — Germaniya (21:00 / ZörTV)

Bu uçraşuvni muddatidan oldingi final deb ataşmoqda. Ikki jamoa ham jozibali futbol namoyiş etib, öz guruhlarida birinçi örinni egallaşdi, ammo pley-off bosqiçida erta töqnaşmoqda.

Ispaniya milliy jamoasi — Yevro-2024 turnirida barça tört öyinida ğalaba qozongan yagona jamoa. Şu bilan birga, «Qizil furiya» har bir öyinda nafaqat natijaga erişmoqda, balki töliq ustunlik bilan öynamoqda. Bunda birinçi navbatda hujum çiziğini e’tirof etiş kerak — bu çiziq köp körsatkiçlar böyiça turnirda yaqqol yetakçi.

E’tiborli jihati, hozirgi Ispaniya öyinning köp vaqtida töpga egalik qilişi şart emas — ular ikkinçi raqam ostida ham töp sura olişadi. Uzun uzatmalar bilan öynaşi ham mumkin. Luis De La Fuente davrida bu jamoa öyini xilma-xillaşdi. Köp jihatdan qanotlardagi Yamal va Uilyamsning tezkorligi bunga imkon bermoqda. Ikki vinger ham oldinga borişdan tap tortmaydi: ular himoyaçilar ortida oçilişadi, dribling işlatişadi, oddiy vaziyatlarni keskinlaştirişadi. Ispaniya endi yaqqol vaziyatgaça qisqa paslar beriş bilan zeriktirmaydi.

Nemislar esa töpga töliq egalikka e’tibor qaratmoqda. Ammo bu jamoaga muvaffaqiyat keltiradimi? Bu turnirda hozirgaça Germaniyada Ispaniya darajasidagi raqib bölmadi — Yulian Nagelsmann şogirdlari tört öyinni ham örtamiyona raqiblarga qarşi ötkazdi. Ispaniya bilan öyin — turnir mezbonlari uçun haqiqiy sinov böladi. Köp narsa 36 yoşli mutaxassis jamoani jangga qanday tayyorlaganiga boğliq: nafaqat jismonan, balki ruhan tayyorgarlik ham muhim rol öynaydi.

Germaniya milliy jamoasi agar oldingi öyinlardagi kabi intensivlik namoyiş etib, samaradorlikni oşirsagina turnirdagi iştirokini davom ettirişi mumkin. Ammo ikki jamoaning ham imkoniyatlari hozirça teng baholanmoqda.

Ispaniya — Germaniya uçun öta noqulay raqib. Agar rasmiy öyinlar hisobga olinsa, bundestim ispanlarni 1988 yildan buyon mağlub etolmaydi. 2008 yilda esa nemislar Yevro finalida, 2010 yil JÇ yarimfinalida yutqazgan. Ikki öyinda ham 1:0 hisobida. Bu safargi Yevropa çempionatida Germaniya atigi ikki gol ötkazib yubordi (ulardan biri avtogol). 1/8 finalda Daniyaga qarşi öyin noqulay ob-havo şaroiti tufayli qariyb yarim soatga töxtab qolgan bölsa-da, kerakli natijaga erişildi (2:0).

«Bu final emas, balki çorakfinal. Biz keyingi bosqiçga çiqadigan jamoalardan biri bölişni xohlaymiz. Ispaniya ham çempion bölişni xohlaydi, şuning uçun oldinda oğir öyin kutmoqda. Ikki jamoa ham töpga egalik qila oladi va öz raqiblarini bosim ostida uşlab turişi mumkin. Biz uçun birga bir vaziyatlarda yaxşiroq harakatlaniş muhim», — degan Nagelsmann.