Germaniya yiğladi, Ronaldu töxtadi. Yevroda kun öyinlari yakunlari
|13:27 / 06.07.202431 93913 min
Yarimfinalning ilk juftliklari ma’lum.
Foto: IAN MACNICOL/GETTY IMAGESFoto: IAN MACNICOL/GETTY IMAGES
Nemislar overtaymda penalti tepiş örniga sönggi daqiqalarda gol ötkazib yubordi. Ispanlar 12 yil içidagi ilk sovringa yaqinlaşdi
Ispaniya – Germaniya 2:1
Gollar: 1:0 – 51 Olmo, 1:1 – 89 Virts, 2:1 – 119 Merino.
Ispaniya – Unai Simon, Karvahal, Laport, Le Norman (Naço, 46), Kukurelya, Fabian Ruis (Hoselu, 102), Rodri, Pedri (Olmo, 8), Uilyams (Merino, 80), Yamal (Ferran Torres, 63), Morata (Oyarsabal, 80).
Germaniya – Noyyer, Ryudiger, Ta (Myuller, 80), Raum (Mittelştedt, 57), Kroos, Gundöğan (Fyullkrug, 57), Jan (Andrih, 46), Kimmih, Haverts (Anton, 90), Sane (Virts, 46), Musiala.
Ogohlantirişlar: Ryudiger (13), Raum (28), Le Norman (29), Andrix (56), Kroos (67), Mittelştedt (73), Ferran Torres (74), Unai Simon (82), Şlotterbek (90), Virts (94), Karvahal (100), Rodri (110), Undav (113), Morata (120+1), Fabian Ruis (120+1).
Çetlatiş: Karvaxal (120+5)
Ispaniya va Germaniya Yevro çorakfinalida öynaşi ma’lum bölganida, muxlislar bu uçraşuvga «finaldan oldingi final» yorliğini yopiştirişdi. Çindan ham, ispanlar va nemislar — turnir ğolibligi uçun asosiy favoritlar bölib turgandi va ularning özaro töqnaşuvi muxlislarga sifatli futbol va’da qilayotgandi. Yakunda muxlislarning bu işonçi töliq oqlandi desa ham böladi.
Ispanlar boş murabbiyi Luis de la Fuente 1/8 finalda öynagan tarkibni özartirmadi. Yulian Nagelsman esa özgarişlar qildi: Germaniyaning boşlanğiç tarkibida Emre Jan va Jonatan Ta harakatlandi. Öyinning starti «heç kimga rahm-şafqat yöq» şiori ostida ötdi. Asosiy qahramon esa Toni Kroos edi: avvaliga Pedrini qöpollik bilan qarşi oldi, keyin esa vinger Lamin Yamalning oyoqlarini bosib oldi.
Ispanlar yarimhimoyaçisi gazonga quladi va yiğlab yubordi. U jiddiy jarohat olgandi va sakkizinçi daqiqadayoq majburan almaştirildi. Uning örniga maydonda Dani Olmo paydo böldi. Boş hakam Entoni Teylor esa bu epizodlar uçun Kroosga hatto sariq kartoçka ham körsatmadi va bu öyin haroratini oşirib yubordi. Birinçi bölim davomida uç futbolçi ogohlantirildi: Antonio Ryudiger, David Raum va Roben Le Norman.
Öyinning özi esa u qadar yorqin keçmadi. Jamoalar vaziyatlar yaratdi, ammo u qadar xavfli çiqmadi. Kay Haversda gol uriş uçun imkoniyat yuzaga kelgandi, ammo Unay Simon forvardning boş bilan yöllagan zarbasidan keyin seyv ijro etdi. Lamin Yamalning jarima maydoni içidan yerlatib bergan zarbasi esa biroz xato ketdi. Bölim oxirida Olmo öz vaziyatidan foydalana olmadi: uning 25 metr masofadan yöllagan zarbasini Noyyer qaytardi.
Mavzuga oid
Birinçi bölimda töpga egalik qiliş böyiça körsatkiç ham deyarli teng edi — Ispaniya foydasiga 51 foizga 49. Boşqaçaroq raqamlar yuzaga kelişi kutilgandi, ammo nemislar ham töpni nazorat qilişga e’tibor qaratdi. Ispanlarning töpni olib qöyiş uçun qilgan pressinglari esa doim ham iş bermadi, qarşi hujumlar ham öxşamadi. Germaniya raqibga asosiy ustunliklaridan foydalanişga yöl qöymadi, ammo özidagi vaziyatlar ham minimumgaça tuşdi.
Nagelsman tanaffusda tarkib tanlaşdagi xatosini tuşunib yetib, almaştirişlar qildi. Sane örniga Virs, Jan örniga Andrih tuşdi. Ammo bu Germaniyadan köra Ispaniyaning foydasiga bölib çiqdi. 51-daqiqada Yamal jarima maydonining öng burçagidan töpni markaz tomon uzatdi, bu hududda Jan yöqligi bilindi, Olmo esa töpga bir teginişda Noyyer darvozasini işğol etdi.
Ötkazib yuborilgan goldan keyin Germaniya oldinga taşlandi. Jamoa öz maydonlarida ötayotgan Yevroni çorakfinaldayoq tark etişga köna olmasdi. Avvaliga Germaniyaning xavfli vaziyat yaratişga urinişlari öxşamadi. Ammo 69-daqiqada nemislar yaxşi vaziyat yaratişdi: avvaliga Fyullkrug töpni qabul qilib, özidan qulayroq pozitsiyada turgan Andrihga uzatdi. Robert zarba berdi, ammo Simon qutqardi.
Bir neça daqiqadan keyin yana bir yaqqol vaziyat yuzaga keldi. Virs jarima maydoni markazidagi Fyullkrugni töp bilan ta’minladi, Niklas esa ustunni poyladi. 82-daqiqada esa darvozabon Unay Simon Germaniyaga yana bir xavfli vaziyat tortiq qildi. U töpni uzoqlaştirişda xatoga yöl qöydi — töp Haversga kelib tuşdi. Ammo forvardning şoşilib yöllagan zarbasi tösin ustidan ötib ketdi.
Va baribir Germaniya javob golini ura oldi. Öyinning oxirgi qismida uyuştirilgan şturm darvoza işğol etilişi bilan yakunlandi: Mittelştedtning zarbasi ustundan qaytdi, Kimmih havodagi kuraşda töpga ega çiqib, uni Virsga taşlab berdi, Florian esa bitta harakat bilan uni darvoza töriga joyladi — 1:1.
Qolgan daqiqalarda Germaniya yana bir gol urib ğalabani ilib ketişi mumkin edi. Tomas Myullerda qulay vaziyat böldi, ammo 34 yoşli hujumçining zarbasidan keyin töp tösin yuqorisidan ötib ketdi va jamoalar overtaymlarga taklif etildi. Bu vaqtga kelib Ispaniya boş murabbiyi de la Fuente hujum çiziğini töliq almaştirib yuborgandi. Masalan, Morataning örniga tayanç yarimhimoyaçisi Merino tuşirilgandi.
Qöşimça bölimlarda öyindagi tezlik pasaydi. Lekin birinçi ekstra-taymda jamoalarda xavfli zarbalar böldi. Avvaliga Oyarsabalning zarbasidan keyin töp ustun yonidan ötib ketdi, keyin esa Virsda xuddi şunday holat takrorlandi.
Ikkinçi ekstra-taym startida esa Musialaning zarbasidan keyin töp jarima maydoni içidagi Mark Kukurelyaning qöliga tegdi, ammo hakam Teylor penalti belgilamadi va videotakrorga ham murojaat etmadi. Katta ehtimol bilan, angliyalik arbitr himoyaçining qöli tabiiy holatda turgandi deb topdi, qolaversa bu holatda himoyaçi qölini öz tanasi tomon tortayotgandi.
117-daqiqada esa Fyullkrug murakkab vaziyatda töpga boş bilan zarba berib, ispanlarning asabini sinovdan ötkazdi. Ammo Unay Simon bu xavfni bartaraf etdi. Barça penaltilar seriyasiga tayyorlanayotgandi, ammo 119-daqiqada Dani Olmo töpni Germaniya jarima maydoniga yetkazib berdi, Mikel Merino esa barçadan baland sakrab, boşi bilan Noyyer darvozasiga ğalaba golini urdi. 2:1! Butun stadion va nemislar jamoasi şok holatida qoldi.
Qolgan daqiqalarda ham Germaniya şturm uyuştirdi, ammo golga ispanlar yaqinroq keldi. Ferran Torres yakkama-yakka vaziyatga çiqib ketdi, ammo Noyyerni alday olmadi. Sönggi hujumlardan birida Fyullkrug yana boş bilan xavfli zarba berdi — töp ustun yonginasidan ötib ketdi. Sönggi soniyalarda Dani Karvahal ikkinçi sariq kartoçka evaziga Musialani jarima maydoni atrofida yiqitganida nemislarda yana bir imkoniyat bölgandi. Ammo Kroosning uzatmasidan keyin töp Simonning qöllariga kelib tuşdi. Şu bilan tugadi.
Germaniya öz uyidagi Yevrodagi iştirokini çorakfinaldayoq töxtatdi. Toni Kroosning faoliyatidagi sönggi öyin maksimal darajada dramatik keçdi. U bilan birga, katta ehtimol bilan Noyyer, Myuller va Gundöğan ham faoliyatidagi sönggi yirik turnirni ötkazdi.
Ammo Germaniya bu turnirdagi iştiroki uçun uyalmasa ham böladi. Şunçaki Ispaniya hozirda juda kuçli va sönggi 12 yillikdagi ilk sovrini tomon ketmoqda.
Fransiya birorta gol urmasdan yarimfinalga yetib keldi
Ispaniya va Germaniya juftligi bilan soliştirganda, muxlislar Fransiya — Portugaliya qarama-qarşiligidan şiddatli töqnaşuv kutmayotgandi.
Ikki jamoa tarkibi ham yulduzlarga töla ekaniga qaramay, ularning aynan hujum çiziği borasida savollar yiğilib qolgan. Fransuzlar bu Yevroda hali biror marta öyindan öz kuçi bilan gol urolmadi (avtogol — «Uçranglilar»ning eng yaxşi töpurari). Dide Deşam muntazam ravişda öz forvardlarining joylaşuvlarini özgartirmoqda, u bu safar ham şu işni takrorladi — hujum markaziga Mbappega şerik sifatida Kolo Muani qöyildi, ularning ortid — Grizmann harakatlandi. Qolgan pozitsiyalarda — syurprizlar yöq.
Roberto Martinesga esa bitta savol bor edi, ammo bu jiddiyroq savol — u Sloveniyaga qarşi muvaffaqiyatsiz harakatlangan Ronalduni zaxirada qoldiradimi? Ammo u bunga jazm etmadi — vaziyatlardan foydalana olmagan Kriştianu ham, öyin oxirlarida qöpol xatoga yöl qöygan 41 yoşli Pepe ham yana boşlanğiç tarkibda paydo böldi. Kimdir buni qörqoqlik deb ataşi, kimdir — soğlom aqlga tayangan qaror deyişi mumkin. Nima bölganda ham, portugaliyaliklar sardori öz obrösini tiklaşi va özi jamoa uçun ortiqça yukka aylangani haqidagi gaplarga çek qöyişi talab etilardi.
Birinçi bölimni jamoalar kutilganidek ehtiyotkorlik bilan ötkazişdi. Ikki jamoa ham hujumga ötişga şoşilmasdan, töpni maydon markazida tartib bilan harakatlantirib, faqat ayrim holatlarda vaziyatni keskinlaştiriş uçun tavakkalçilikka qöl urdi.
Fransuzlar faolroq boşlagandi, ammo 15-daqiqadan keyin tempni pasaytirib, bölim örtalaridan umuman sust harakat qilişga ötdi. Bölim davomida esda qolarli yaqqol vaziyatlar bölmadi.
Portugallar çap qanot orqali oldinga ötişga harakat qildi, ammo Nunu Mendeş va Rafael Leau ham xavfli vaziyatlar yarata olmadi — Kriştianu esa köp holatlarda jamoa öyinidan ajralib qoldi. Bölim davomida ikki tomondan birgina zarba darvoza sohasiga töğri borgani ham bölim qanday ötganini ifodalaydi.
Tanaffusdan keyin öyin nihoyat jonlana boşladi. Dastlab Portugaliya öyinini kuçaytirdi — Kamavinga Leauning reydini töxtatişga bazör ulurdi. Keyin Kanselu jarima maydoni içida Bernardu Silvani qulay vaziyatga çiqardi, ammo zarba Menyan tomonidan qaytarildi. Bir daqiqa ötib fransuzlar darvozaboni yana bir bor qutqarişiga töğri keldi — bu safar bir hujumning özida ikki bor (avvaliga Vitinyaning zarbasini, keyin Ronaldu ötkir burçakda turib tovoni bilan yöllagan zarbani).
Dide Deşam Grizmann örniga Dembeleni tuşirdi. Usmon darhol jamoa öyiniga tetiklik va keskinlik baxş etib, öng qanotda raqib himoyaçilarini qiyin ahvolga tuşirib qöya boşladi — özi ham xavfli zarba berdi, Mbappeni qulay vaziyatga çiqardi, ammo fransuzlarning zarbalari yoki xato ketdi, yoki töğri Diogu Koştaga bordi. Öyin oxirida Tyuram darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib ketişi mumkin edi, ammo 41 yoşli Pepedan qoçib keta olmadi. Umuman olganda, ikkinçi qirq beş daqiqalikda ikki jamoa ham jonliroq öyin namoyiş etdi, ammo bu hisobni oçiş uçun yetarli bölmadi.
Overtaymlardan birinçisi boşida Konseysauning ajoyib reydi va uzatmasidan söng Ronaldu qulay vaziyatdan foydalana olmadi.
Lekin qöşimça bölimlarni jamoalar penaltilar seriyasiga yetib boriş maqsadida öynayotgandek ötkazişdi. Portugallar töpga egalik qildi, ammo vaziyatlarni deyarli keskinlaştirişmadi, fransuzlar esa himoyada ötirdi, bu kartina ikki tomonni ham qoniqtirardi.
E’tiborli holat bölimlar oraliğidagi qisqa tanaffus vaqtida röy berdi — Mbappe özini almaştirişni söradi va uning örniga Barkolya tuşdi. Bundan biroz oldinroq töp rikoşet bölib kelib, uning boşiga tekkandi. Natijada fransuzlar penaltilar seriyasiga qarab ketayotgan öyinda ştatdagi penaltiçisi va sardorsiz qolişdi.
Portugaliya safida ham almaştiriş amalga oşirildi — şu kuni öyini çiqmagan Rafael Leau öz örnini Joau Feliksga böşatib berdi va u töpga ilk teginişidayoq boş bilan zarba berdi, ammo qulay pozitsiyadan yöllangan zarba darvoza sohasiga töğri bormadi. Oxirgi daqiqalarda esa Nunu Mendeş jarima maydoni içida böş qoldirildi, u qulay pozitsiyadan turib öyin taqdirini hal qilişi mumkin edi, ammo uning zarbasi kuçsiz çiqdi va Menyan töpni osonlik bilan egallab oldi — muxlislar bu öyinda gol köra olişmadi.
Öyindan keyingi seriyada esa Dembele ilk zarbani aniq amalga oşirdi. Uning ortidan Ronaldu ham öz işini töğri bajardi. Umuman olganda, seriyada deyarli barça ijroçilar öz urinişlarini juda işonçli bajarişdi. Faqat Feliksning kuçli zarbasi ustunni titratdi va u keça antiqahramoniga aylandi. Undan keyin nuqtaga kelgan fransuzlar xato qilişmadi va Teo Ernandes Fransiyani yarimfinalga olib çiqdi.
Katta ehtimol bilan, bu Kriştianu Ronaldu va Pepe uçun oxirgi yirik turnir bölib qoldi.
Bir neça kundan keyin Ispaniyaga qarşi Yevropa klassikasi bölib ötadi.