Ijtimoiy tarmoqlarda Urgut tumanidagi Soyğös mahallasi hududiga 3 ta ayiq kelib, mahalliy aholining çorvasiga hujum qilayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Samarqand viloyati Ekologiya boşqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinişiça, holat viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi va uning Urgut tumani inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan tezkor tartibda nazoratga olingan.
Mazkur holat Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlari çegarasida joylaşgan Kunkörmas dovonining Qaşqadaryo viloyati hududida sodir bölgan. Urgut tumani Soyğös mahallasi çöponlari suv sathidan 2500-2700 metr balandlikda, ya’ni ayiqlarning yaşaş manzilida qöylarini boqib kelişayotganda qönğir ayiqlar tört boş eçkini yeb qöygan.
Çöponlarga yoki ayiqlarga talafot yetmagan. Şuningdek, mahalliy aholi 2 kun oldin keçasi ayiqlar Soyğös mahallasiga 2-3 km yaqinlikdagi toğ bağrida ösuvçi mevali daraxtlarni yeyiş uçun tuşib kelganini aytgan.
Boşqarmaga köra, hozirda tegişli mutaxassislar tomonidan holat nazoratga olinib örganiş işlari davom etmoqda.
Toğdan aholi punktiga ayiq tuşib kelişi oldinroq Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida ham kuzatilgandi. Öşanda ayiq maktab hududiga kirib, öquvçilar hayotiga xavf tuğdirgani hamda IIB xodimlariga jarohat yetkazgani uçun otib öldirilgandi.












