8 iyul kuni Axbor Imomxöjayev xotirasiga bağişlangan turnirning 2-tur öyinlari ötkazildi.
Kunning dastlabki öyinlarida turnir autsayderi bölgan «Jurnalist» jamoasi turnir favoritlaridan biri bölgan ÖFA vakillaridan iborat raqibga yirik 1:12 hisobida yutqazdi. Uşbu jamoa bir kun oldingi 1-tur öyinlarida Axbor Imomxöjayevning farzandlari va nabiralaridan tuzilgan «Sulola» jamoasiga ham xuddi şu hisobda mağlub bölgandi.




ÖFA esa birinçi turda hakamlardan tuzilgan ÖzFHM jamoasini 7:0 hisobida yenggandi va 2 turdan keyin 100 foizlik imkoniyat bilan birinçi örinda bormoqda.
Parallel ravişda keçgan ÖzPFL va ÖzFHM jamoalari öyinida esa kutilmaganda 0:6 hisobi qayd etildi. Çunki bir kun oldingi öyinda hakamlar jamoasi ÖFAga bundan ham yirik hisobda yutqazgandi. PFL vakillari esa Tong II jamoasi ustidan 1:0 hisobida ustun kelgandi.



Kun.uz sayti jurnalistlari va boşqa xodimlaridan tuzilgan jamoa esa 2-turda Tong II jamoasiga qarşi bahsda maydonga tuşib, yirik hisobda ğalaba qozondi — 8:1.
Muhammad Komilov va Muhammadsaid Ahmedov het-trik qayt etgan bölsa, Yunus Qöşoqov hamda Azimjon Berdibekov öz hisobiga 1tadan gol yozdirib qöydi.
Kun.uz quyidagi tarkibda harakat qildi — Normuhammad Ali Abdurahmonov, Ziyoddin Mamatjonov, Aziz Qarşiyev, Abduqodir Tölqinov, Muhammad Komilov, Javohir Xöjayev, Abdusalim Abduvoxidov, Muhammadsaid Ahmedov, Azimjon Berdibekov, Asrorbek Abdunazarov, Yunus Qöşoqov.













































