Fransiya darvozasiga çiroyli gol urgan Lamin Yamal öz ismini musobaqa tarixiga uzoq yillarga öçmas qilib qoldirdi. Tasavvur qiling, 84 yillik tarixga ega bölgan Yevropa çempionatining eng yoş iştirokçisi – Lamin, ya’ni şu paytgaça undan yoş futbolçi final bosqiçida maydonga tuşmagan. Xöp, qaçondir, qaysidir milliy jamoa yoşroq futbolçini maydonga tuşirib, bu rekordni olib qöyişi mumkin, lekin yarimfinaldagi gol-çi? Har tört yilda Yevropada atigi ikkitadan yarimfinal bölişini e’tiborga olsak, Lamindan yoşroq kimdirning öşa yarimfinalda maydonga tuşib, gol ham urişi ehtimoli kamida yuz yillar uçun imkonsiz bölsa kerak.

Quyida esa Lamin haqida balki hali köpçilik bilmagan yana beşta faktni havola qilamiz.

«Bavariya»da öynaşi mumkin edi

Yamal «Barselona» safidagi ilk öyinini 2023 yilning aprelida, 15 yoşu 9 oylik paytida ötkazgandi. Aslida bu voqea sodir bölmasligi mumkin edi, çunki «Bavariya» 2022 yilda Xavi maşğulotlarga jalb qilişni boşlagan vunderkindni öz safiga qöşib oliş uçun qattiq harakat qilgandi. Nemislar 14 yoşdi Yamal «Alyans Arena»ning kelajakdagi uzoq yillik qahramoni bölişi mumkinligiga işonişardi. Sky Sport Germany naşri bu haqida xabar bergan.

Klub vakillari hatto futbolçining, hamda Gavining agenti bölgan, Ispaniya milliy jamoasining sobiq a’zosi Ivan de la Penya bilan uçraşişgan ham. Ammo Yamal yetti yoşdan şuğullanib kelgan «Barselona»ni tark etişni istamadi.

Kataloniyaliklar ötgan yili ham Lamindan ajralib qolişlari mumkin edi – 13 iyulda 16 yoşga tölgan Yamal professional şartnoma tuziş huquqini qölga kiritdi. Agar klub öz vaqtida kelişuv amalga oşirmaganda, futbolçi erkin agentga aylanardi. Ayni damda «Barselona» xotirjam, zero oktyabrda tuzilgan şartnomaga köra futbolçining tovon puli bir milliard yevroni taşkil qiladi. Şu pulni tölabgina jamoalar Yamalni «Barselona» roziligisiz qölga kiritişlari mumkin.

Marokaş milliy jamoasiga ötiş ehtimoli bölgan

Lamin turfa millatli oilada tavallud topgan: onasi Ekvatorial Gvineyadan, otasi esa marokaşlik. Gvineyaliklar tabiiyki, vaziyatga real baho berib, bu darajadagi iste’dodli futbolçi bu davlat uçun öynamasligini tuşungan bölişsa-da, Marokaş umidini uzmadi. Axir sönggi jahon çempionatida Marokaş törtinçi örinni oldi – şu paytgaça heç qaysi Afrika qit’asi vakili bu bosqiçgaça yetib kelmagandi.

«Hamma u haqida söraydi, uni Ispaniyadan olib qoçiş niyatimiz borligi bilan qiziqişadi» – degandi marokaşlik skaut Rabi Takassa, - «uning texnikasi, öyinni, golni his qilişi... u men hayotda körgan eng yaxşi qanot himoyaçilaridan biri».