Çempionlar Ligasining sönggi finali oldidan ham, aynan öyin paytida maşhur telekanallar studiyalarida ham negadir Jyeydon Sançoni köp gapirişdi. U nima qila oladi, «Real»ga qarşi özini körsata oladimi? Tanaffus paytida – «birinçi bölimda Sanço özini körsata oldimi?»
Qiziq holat, şunday emasmi? Axir «Borussiya»da boşqa futbolçilar bor, uni qöying, axir «Real» yana bir marta Çempionlar Ligasi ostonasida turibdi, Sançoning sobiq jamoadoşi Bellinghem e’tiborga köproq loyiq emasmi? Nega şunaqa?
Tvitterda bugun Angliya yutadi, deb yozsam, köpçilik, Angliya çiqmasin, tuzukroq futbol köraylik finalda, deb e’tiroz bildirişdi.
Menimça, aynan Angliya – Ispaniya finali özi mavjud ikki variant içida finalga mosroği. Çunki, eng avvalo, inglizlar tarkibi futbol yulduzlariga töla, har qanday holatda ğoliblik uçun bor imkoniyatini işga soladigan, bunday tajribadan köp marta ötgan futbolçilar – «Real», «Mançester Siti», «Liverpul» kabi jamoalar bilan sönggi yillarda Çempionlar Ligasini yutişgan ham. Zaxiradan tuşişi mumkin bölgan Tounidan tortib, Palmergaça bölajak yulduz deb başorat qilinayotgan futbolçilar sanaladi. Tabiiyki, ulardan kutilmalar ham katta, bosim ham aynan finalga yaraşa böladi.
Futbolni, ayniqsa finalni qizitadigan asosiy faktor nima, aytaymi? Dramatizm. Syujyet. Tomoşabin uçun qandaydir oqibatning ahamiyati. Eng muhimi bular. Töqson daqiqa çiroyli futbol, çiroyli gollar, hujumlar – bunday futbolni doim ham köraveramiz, buni JÇ-2018 finalida Xorvatiya ham, yaqinda «Borussiya» ham eplab berdi. Lekin yuqorida aytilgan talablarga mos böladimi şunaqa final?
Angliya zeriktiryapti, xöp. Ammo Yevro-2024ning eng dramatik voqeasi qaysi? Bellinghemning sönggi daqiqadagi goli emasmi? Gap Slovakiya bilan öyin qay darajada çiroyli hujumlarga boy bölganmi, yöqmi, unda emas, syujyet şu ediki, nahotki Angliya hozir Slovakiyaga yutqazsa? Keyn, Bellinghem, Foden, Saka heç narsa qila olmay, Slovakiya çorakfinalga çiqsa nima böladi? Mana şu savolning kattaligi, ya’ni, tomoşabin uçun oqibatning ahamiyati öyinning dramatizmini oşiradi.
Bu xuddi kino ssenariysiga öxşaydi. Turli voqealar, uruş sahnalari, ajoyib effektlarga boy lavhalarga töla film bölsa, agar qahramonlarning taqdiriga befarq bölsangiz, şu kinodan maza qilasizmi? Aksinça, oddiy, sokin bir film bölsa-yu, ehtimoliy yakuniga siz befarq bölmasangiz, boş qahramonning taqdiri sizni qiziqtirsa, etingiz junjikib, xavotirga töla alfozda şu filmni yakunlamaysizmi?
Endi savol, Turkiya Niderlandiyani yutayotgan bir paytda, nahotki Niderlandiya musobaqadan çiqib ketadi, degan xavotir sizga bir on bölsa-da, mehmon böldimi? Albatta, Turkiya ham çiroyli futbol körsatadigan jamoalardan, siz ularga yoki balki Niderlandiyaga azaldan muxlis bölişingiz mumkin. Mavzu bu haqida emas.











