Yevro-2024. Yarimfinal
Ispaniya — Fransiya 2:1
Gollar: Yamal (21), Olmo (25) — Kolo-Muani (9).
Ispaniya – Simon, Navas (Vivian, 58), Naço, Laport, Kukurelya, Ruis, Rodri, Olmo (Merino, 76), Uilyams (Subimendi, 90+4), Yamal (Ferran Torres, 90+4), Morata (Oyarsabal, 76).
Fransiya – Menyan, Kunde, Upamekano, Saliba, Ernandes, Kante (Grizmann, 62), Rabio (Kamavinga, 62), Çuameni, Dembele (Jiru, 79), Mbappe, Kolo-Muani (Barkolya, 63).
Ogohlantirişlar: Navas (14), Çuameni (60), Kamavinga (89), Yamal (90+1).
9 iyul, seşanba oqşomida Yevro-2024 turnirida Ispaniya — Fransiya jamoalari örtasida ilk yarimfinal uçraşuvi bölib ötdi.
Bu şunçaki finalga ötiş bahsi emas, ğoyalar qarama-qarşiligi edi. Ispaniya milliy jamoasi favoritlar orasidagi eng yorqin öyin körsatayotgan jamoa bölmoqda, Luis de la Fuente şogirdlari turnirdagi har bir öyinda faqat ğalaba uçun öynamoqda. Fransuzlar esa turnirlarga xos uslub tanlagan va kerakli vaqtda kuç tejab harakat qildi, ammo bu köproq antifutbolga aylanib ketdi. «Uçranglilar» umuman öyindan gol urmasdan, avtogol va penaltilar yordamida çempion bölmoqçidek körina boşlagandi.
Ispaniya oldingi bosqiçda Germaniya ustidan qozonilgan ğalabaga qurbonliklar evaziga erişgandi: Pedri jarohat oldi va bir neça haftaga safdan çiqdi, Karvahal va Le Norman diskvalifikatsiya tufayli yarimfinalda yordam bera olmaydigan böldi. Natijada maydon markazida Pedri örniga ilk daqiqalardan oldingi öyin qahramoni Olmo harakat qildi, himoya markaziga Le Norman örniga — Naço, öng qanotga Karvahal örniga — Navas joylaştirildi. Va bu ispaniyalik muxlislarda xavotir uyğotgandi: 38 yoşli faxriy futbolçi Mbappening reaktiv tezligiga doş berolmadi? Deşam esa bu safar ham Grizmanni startda tuşirmadi va köpçilikning hafsalasini pir qildi. Fransuzlar 2014 yilgi mundialdan buyon ilk bor katta turnir pley-offida Antuansiz öyinni boşladi. Deşam Grizmanning ijodkorligidan köra Dembele va Kolo Muanining tezligiga tayanişni afzal kördi.
Fransuzlar tezkor gol urişdi. Niqobini yeçib çiqqan Mbappe çap qanotdan yorib kirib, uzoq ustun tomondagi Kolo Muanini golli pas bilan ta’minladi. Fransuzlar Yevroda öyindan urilgan ilk golini nişonlaşdi. Navas uçun esa öyin dahşatli boşlandi — Kilian aynan undan ötib ketib, töpni şerigining boşiga yetkazib bergandi, bir neça daqiqa ötib esa maydondagi eng tajribali futbolçi sariq kartoçka oldi.















