Toşkent şahrining Mirobod tumanidagi Taras Şevçenko köçasi gastronomik köçaga aylantiriladi. Bu haqda Mirobod tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, 15 iyuldan Taras Şevçenko köçasini gastronomik köçaga aylantiriş böyiça keng kölamli bunyodkorlik işlari boşlanadi. Şu munosabat bilan tuman hokimi Anvar Sayfutdinov köçada faoliyat yurituvçi tadbirkorlik sub’yektlari bilan oçiq muloqot ötkazgan.

Hokim uçraşuvda Hukumat qarori bilan poytaxt köçalarida jozibador va serqatnov turizm hamda xizmat körsatiş infratuzilmasini yaratiş maqsadida 24/7 rejimda işlovçi köngiloçar köça taşkil etiş belgilanganligi haqida ma’lum qilgan. Unga köra, uşbu turistik köçaning işga tuşirilişi tadbirkorlarning daromad manbai oşişiga xizmat qiladi.

Bunyodkorlik işlari davomida Taras Şevçenko köçasida yoritiş ustunlari, örindiqlar va çiqindi urnalari hamda suğoriş tizimlarini örnatiş, daraxt köçatlari ötqaziş közda tutilgan.

Şuningdek, bu yerda audio musiqa tizimini taşkil etiş, dekorativ arka va ustunlar, fotozonalar uçun dekorativ elementlar örnatiş, piyodalar va velo-yölaklar, bolalar öyingohi, körgazmali sahna barpo etiş ham rejalaştirilmoqda.