Samarqand tumanida Matiz maşinasi yonib ketgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça hodisa bugun 2024 yil 12 iyul kuni soat 16:28 larda sodir bölgan.
Samarqand tumani «Yangiariq» MFY hududidagi köçada harakatlanib ketayotgan Matiz maşinasida qisqa tutaşuv tufayli yonğin kelib çiqqan. Köp ötmay olov “Ikromjon Agro-Star” fermer xöjaligining ğalladan böşagan yer maydoniga ötgan.
Oqibatda Matiz maşinasi yonib ketgan. Şuningdek fermer xöjaligidagi 30 sotix yerda somon qoldiqlari yongan.
Yonğin haqida viloyat FVBga xabar berilgan. Ikkita yonğin-qutqaruv bölinmasi darhol hodisa joyiga yetib borib olovni öçirgan va yonğin atrofga tarqab ketişining oldi olingan.
Qayd etilişiça, hodisa oqibatida heç kim tan jarohati olmagan va halok bölmagan. Hozirda tergovga qadar tekşiriş işlari olib borilmoqda.












