Iyul oyining boşida Xitoy va Rossiya dengizda qöşma harbiy maşğulotlarni boşladi, deya xabar bergan Xitoy Mudofaa vazirligi.
Vazirlik bayonotida aytilişiça, «Qöşma dengiz maşqlari-2024» Xitoyning janubidagi Guangdong provinsiyasining Çjanjiang hududida bölib ötmoqda.
Maşğulotlar yillik harbiy maşğulotlar rejasi va ikki qurolli kuç örtasidagi özaro kelişuvga muvofiq amalga oşirilayotgani ta’kidlangan.
«Davom etayotgan manyovr dengiz xavfsizligi muammolarini birgalikda hal qiliş hamda global va mintaqaviy tinçlik va barqarorlikni qöllab-quvvatlaşda ikki tomonning qat’iyati va imkoniyatlarini namoyiş etişdan iborat», deyilgan xabarda.
Yaponiya milliy xavfsizlik bilan boğliq jihatlarni keltirib, öz çegaralari yaqinidagi hamkorlik operatsiyalaridan jiddiy xavotirda ekanini bildirgan.
Xitoy va Rossiya örtasidagi qöşma maşğulotlar dasturi ular örtasidagi strategik hamkorlikning namoyişi sifatida tavsiflangan. Tahlilçilar sönggi manyovrlarni AQŞning hududdagi harbiy iştiroki kuçayişiga javob sifatida baholaşgan.

















