Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda ayol ikki nafar qizini şafqatsizlarça kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi. Kadrlarda ayol turmuş örtoği ularning holidan xabar olmayotgani va yetarliça pul jönatmayotganidan jahl qilib, gödak yoşidagi qizlarini kaltak bilan savalagani aks etgan.

Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaning ma’lum qilişiça, holat 9 iyul kuni Jondor tumanida yaşovçi ayol I.M. tomonidan sodir etilgan. Uning turmuş örtoği N.B. bir neça yildan buyon xorijda işlab kelayotgan bölgan.

Eri oilasidan xabar olmayotgani, yetarliça pul jönatmayotganidan jahli çiqib, ayol qizlari 4 yoşli O‘.S. va 3 yoşli O‘.S.ni urib, kaltaklab, videotasvirga olgan va eriga jönatgan.

Buxoro viloyati IIBga köra, hozirda voqea yuzasidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda. Uning doirasida bolaga yetkazilgan jarohatning darajasini aniqlaş yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Bolalar ombudsmanining qayd etişiça, sönggi paytda ota-onalar tomonidan özaro nizoda farzandidan manipulyatsiya quroli sifatida foydalanib, bolaga jismoniy va ruhiy zarar yetkaziş hollari köp kuzatilmoqda.

«Ota-onalik maqomi bolaga zöravonlik qiliş huquqini bermaydi. Bolaga nisbatan bunday harakatga yöl qöygan şaxslar kim bölişidan qat’iy nazar qonunan javob berişi şart», — deya ta’kidlaydi Surayyo Rahmonova.