Andijon viloyati Jalaquduq va Xöjaobod tumanlari böylab oqqan seldan söng bir qizning tanasi jonsiz holda topilgan. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qizning yoşi 5-6 larda ekani taxmin qilingan.
Avvaliga viloyat hokimligi Jalaquduq va Xöjaobod tumanlari hududidagi tezkor örganişlar davomida uşbu hududlarda bu yoşdagi farzandini yöqotgan oila aniqlanmaganini ma’lum qildi.
«Bundan kelib çiqib, uşbu şaxs viloyatimizdan taşqari bölgan, toşqin röy bergan boşqa hududdan oqib kelgani taxmin qilinmoqda. Vaziyat böyiça qöşimça axborotlar ma’lum qilinadi», deyiladi xabarda.
Hokimlik matbuot xizmatining keyingi xabarida soydan topilgan jasad qöşni Qirğizistondan oqib kelgani aytiladi.
«Xöjaobod tumanidagi Şahrixonsoydan topilgan taxminan 5-6 yoşli qizaloq Öş şahridagi oiladan ekani tasdiqlanmoqda. Yuborilgan fotosurat orqali Öşdagi oila vakili bu qizaloq uning öz oilasidan ekanini tasdiqlagan.
Hozirda oila vakili Xöjaobod tumani sari yölga çiqqanini bildirgan. Viloyat hokimligi va tegişli organlar tomonidan mazkur oilani qöllab-quvvatlaş harakatlari taşkil etildi», deyiladi xabarda.
Ma’lumot uçun, 2024 yil 14 iyul kuni Qirğizistonning Öş viloyatida toğ va adirliklarida kuzatilgan jala yomğirlar yoğişi oqibatida Andijon viloyatida kuçli sel oqdi.
Oqböra soyida oqqan kuçli sel oqibatida Xöjaobod tumani Yorqişloq qişloğida bitta köprikni suv oqizib ketgan. Yana bitta piyodalar köprigi qulab vayron bölgan.
Bu vaqtda Qirğizistondagi ijtimoiy tarmoqlarda Öşdagi qişloqlardan birida yaşovçi 1980 yilda tuğilgan ayol 2005, 2014 va 2018 yilda tuğilgan qizaloqlari bilan oqib ketgani haqida xabar tarqalgan.












