Qozoğistonning "Infozakon" elektron naşrida "Özbekiston sanoat uçun muhim foydali qazilmalarga ortib borayotgan jahon talabiga qanday javob bermoqda" sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
"Özbekiston–2030" strategiyasida uglevodorod zaxiralarini köpaytiriş, 60 ming kvadrat metr maydonda sohani modernizatsiya va raqamlaştiriş, ularga xorijiy investorlarni jalb etişga qaratilgan geologiya-qidiruv işlari belgilab berilgan, deb ma’lum qilingan materialda.
"Mamlakatda geologiya sanoatiga har yili trillion söm mablağ yönaltiriladi, – deb yozgan muallif. – Maqsadli dasturlarning amalga oşirilişi natijasida ötgan yili toğ-kon sanoatida mahsulot işlab çiqariş hajmi qariyb 11 milliard dollarga yetdi".
Materialda qayd etilişiça, sanoat uçun muhim foydali qazilmalar uçun katta foydalanilmagan salohiyat mavjud. Xususan, mamlakatda ana şunday foydali qazilmalarning 32 turi topilgan.
Naşrda dunyo texnologiyaning jadal rivojlanişini boşdan keçirayotgani, şu sababli elektr avtomobillari, elektrotexnika sanoati va "yaşil" energiyada nodir metallarga talab ortib borayotgani ta’kidlangan. Uşbu omillar jahon bozorida molibden, tellur, selen va grafitning narxi sezilarli darajada oşiga olib keldi.
Maqolada, şuningdek, Özbekistonda muhim foydali qazilmalar va noyob yer elementlarini örganiş, qazib oliş va qayta işlaş böyiça bir qator muhim çora-tadbirlar amalga oşirilayotgani ma’lum qilingan.
Xususan, 2023 yilda Toşkentda bölib ötgan "Innoprom. Markaziy Osiyo" xalqaro sanoat körgazmasi arafasida davlat litiy qazib olişni yölga qöyiş niyatida ekani xabar qilingan. Özbekistonning investitsiyaviy takliflaridan biri Toşkent viloyatining Ohangaron tumanidagi Nurlikon litiy konini özlaştirişdir.
"Mazkur jabhada amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar Özbekistonda "yaşil" kelajakka yönaltirilgan ilğor texnologiya kompaniyalari bilan qöşma loyihalarni amalga oşirişni jadallaştirişga qaratilgan", – deb yozilgan maqolada.













