Donald Tramp suiqasddan keyin ilk bor omma qarşisiga çiqdi. U Viskonsin ştati Miluoki şahridagi Respublikaçilar partiyasi qurultoyiga keldi, bu yerda rasman uning nomzodi prezidentlik uçun ilgari surildi. Bungaça Tramp senator Jyeyms Devid Vensni vitse-prezidentlik uçun öz nomzodi sifatida körsatgandi.

Respublikaçilar partiyasi sahifasida Donald Tramp hamda Vensning surati paydo böldi. Postda «Bizning yutadigan çiptamiz» deb yozildi.

AQŞning ikki asosiy partiyasi har ikki yilda prezidentlik saylovlari uçun nomzodini rasman e’lon qiliş va saylovoldi kampaniyasining yakuniy bosqiçiga tayyorgarlik köriş uçun şunday qurultoy ötkazadi.

Tramp olqişlab turgan tarafdorlari oldiga quloği boğlangan holda çiqib kelgan. Keyin u suiqasddan keyin körsatgan jyestini takrorlagan: muşt qilib tugilgan qölini baland kötargan.

Pensilvaniya ştatidagi miting vaqtida röy bergan otişmada u quloğidan yengil jarohat olgandi (öq uning boşidan bir neça millimetr narida ötib ketgan), mitingga kelganlardan biri halok bölgan, yana ikki nafari oğir tan jarohatlari olgan.

Tramp hafta oxiriga qadar davom etadigan qurultoyda çiqiş qilişi va uning nutqi markaziy voqeaga aylanişi kutilmoqda.

Respublikaçilar partiyasi qurultoyi çoğida har bir ştatdan kelgan delegatlar partiya nomzodini qöllaşlarini bildirişadi hamda siyosiy platformani tasdiqlaşadi.

Bu yil qurultoyning bu qismi Tramp uçun şunçaki rasmiyatçilikka aylangan, çunki u praymerizlar çoğida 2265 nafar delegat ovozini olib ulgurgan, bu esa nomzodini ilgari suriş uçun talab etiladigan miqdordan ança köp.

Demokratlar öz qurultoyini keyingi oyda Çikagoda ötkazişadi.

Vitse-prezidentlikka nomzod

Donald Tramp vitse-prezidentlikka Ohayo ştatidan bölgan 39 yoşli senator Jyeyms Devid Vensni tanlagani u bu saylovda bir qança sanoat ştatlari — Pensilvaniya, Miçigan va Viskonsinda ğolib çiqişi yoki yutqazişi aniqligini bilişidan dalolat beradi, deya qayd etadi BBC’ning AQŞdagi muxbiri Entoni Zurker.