“Emotsiyalari tez siyosatçi ekani, yuzini burib qolgani Trampni qutqarib qoldi. Bunaqa vaqtda odam şok holatida böladi, u esa qöriqçilarga kutişni aytib, yana qölini kötardi. Amerikaliklarga şu kerak, prezident nima bölmasin tik turyapti, quloğida qon”, deydi Qudratxöja. Uning sözlariga köra, Trampning örnida harakatlari ança sust qariya Bayden bölganida, voqeaning yakuni boşqaça keçardi.

AQŞning 45-prezidenti, respublikaçilardan prezidentlikka nomzod Tramp suiqasdga uçraganidan keyin tezda yana ommaga soğlom tarzda köriniş berdi. Lekin öq uning quloğiga tegib ötgan. Öq uzgan şaxs esa öşa zahotiyoq öldirilgan.

ÖzJOKU rektori, siyosiy fanlar nomzodi Şerzod Qudratxöjaning fikriça, Trampni uning tezkor emotsiyalari qutqarib qolgan.

“U şu qadar jöşqin, emotsiyalari tez siyosatçi ekani, şu sabab yuzini burib qolgani uni qutqarib qoldi. Men bölgan voqeani bir neça bor qaytarib-qaytarib kördim. U öq otilgani bilan darhol reaksiya körsatdi va yerga yotdi. Ötgan 20-25 sekundda u nima bölganini tuşunib yetdi. Öq millimetrlarga adaşgan, lekin ana şu millimetrlar Trampni ğalaba tomon bir neça metrlarga yaqinlaştirdi. U örnidan turdi. Odam şok holatida böladi, lekin qöriqçilarga kutişlarini aytib, yana qölini kötardi. Amerikaliklarga şu kerak, prezident nima bölmasin tik turyapti, quloğida qon. Tramp demokratlardan poygada ustun kelayotganini yana bir bor isbotladi. Balki uning örnida janob Bayden bölganida, öq unga tekkan bölardi”, – deydi rektor Qudratxöja.

Bölib ötgan voqeadan keyin dunyo va mahalliy siyosatçilar, xususan demokratlar ham Trampga soğlik tilamoqda. Raqibi Bayden ham, sobiq prezident Barak Obama ham Trampni qöllab-quvvatlaşini aytgan.

Bu voqea, şuningdek, Qöşma Ştatlarda fuqarolarning qurolga egalik qiliş huquqi haqidagi muhokamalarni ham yana jonlantirdi.