Niderlandiyaning Yandex N.V. kompaniyasi «Yandeks» biznesini sotiş böyiça bitimni töliq yopdi va guruh aksiyadorlari tarkibidan çiqdi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati 15 iyul, duşanba kuni. Hujjatda aytilganidek, 2024 yil 31 iyulga qadar Yandex N.V. nomini özgartiradi va «Yandeks» brendlaridan foydalanişni töxtatadi.
Fevral oyida tuzilgan bitim summasi 475 milliard rublni taşkil etdi (taxminan beş milliard yevro). Uning şartlariga köra, «Yandeks»ning Rossiyadagi barça biznesi va xorijdagi aksariyat loyihalari rossiyalik investorlar va menejerlar konsorsiumiga ötkaziladi. «Yandeks» yangi boş kompaniyasi - MKPAO «Yandeks» - Kaliningrad viloyatida röyxatdan ötgan. «Yandeks» qidiruv, şahar, köngiloçar va ta’lim xizmatlari, bulutli va sun’iy intellekt texnologiyalari, avtonom transport va boşqa istiqbolli yönalişlarni rivojlantirişda davom etmoqda», — deyiladi press-relizda.
Bloomberg manbalariga köra, «Yandeks» asosçisi Arkadiy Voloj «Yandeks» boş direktori etib tayinlanadi - Yandex N.V. şunday nom olinişi kutilmoqda. Voloj hozirda Rossiyadan taşqarida törtta yönalişni rivojlantirmoqda – bulutli texnologiyalar, uçuvçisiz transport vositalari, sun’iy intellekt va dasturçilar uçun onlayn ta’lim. Kompaniyada asosan Rossiya Federatsiyasida qolişni istamagan sobiq «Yandeks» xodimlari işlaydi.













