DW xabariga köra, 11-oktabrga ötar keçasi Ukraina dronlari «Yandeks»ning oltita yirik data-markazidan uçinçisiga - Vladimir şahridagi obyektga hujum qilgan. Şundan keyin «Sboy.rf» va Downdetector monitoring saytlarida turli xizmatlar işi böyiça şikoyatlar qayd etilgan.

Foydalanuvçilar «Yandeks Pey», «Yandeks Igry», «Yandeks Go» va «Kinopoisk» xizmatlaridan foydalanişda qiyinçiliklarga duç kelgan.

Taksi buyurtma qiliş bilan boğliq muammolar haqida Armaniston, Belarus, Gurjiston, Qozoğiston va Serbiyadagi foydalanuvçilar ham xabar bergan.

Uzilişlar faqat «Yandeks» servislari bilan çeklanmagan. «Vkusno - i toçka», KFC va «Dodo Pitssa» tarmoqlari, Lamoda onlayn dökoni, Sports.ru portali, «Pyatyoroçka», «Magnit» va «Lenta» savdo tarmoqlari resurslariga kirişda ham muammolar kuzatilgan.

Şuningdek, Sankt-Peterburgdagi Pulkovo aeroporti, Flowwow gul yetkazib beriş xizmati, «Sian» köçmas mulk platformasi va «Dom.ru» internet provayderi foydalanuvçilari ham şikoyat qilgan.

Qandli diabeti bor insonlarga glyukoza darajasini onlayn kuzatiş imkonini beruvçi mahsulotlar işlab çiqaradigan Sinocare kompaniyasi ham xizmatlarida muammolar yuzaga kelganini bildirgan.

Hujumlardan keyin «Yandeks» ilovalaridagi qöllab-quvvatlaş xizmati ham işlamay qolgan. Kompaniya yordam söraş uçun servislarning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga murojaat qilişni tavsiya etgan.

Tizimga tuşayotgan yuklamani kamaytiriş maqsadida ayrim bulutli xizmatlar, jumladan, «Disk»ning baʼzi funksiyalari ataylab öçirilgan.

11-oktabr keçqurun «Yandeks» servislar bosqiçma-bosqiç tiklanayotganini maʼlum qilgan.

«Alisa, qidiruv, “Yandeks Xaritalar”, taksi, poçta va boşqa servislarga kiriş tiklanmoqda. Biroq ularning ayrim funksiyalari hozirça işlamayapti», - deyilgan kompaniya bayonotida.

«Yandeks» öz obyektlariga hujumlar haqida ilk bor 9-oktabrda, ketma-ket ikki keça davomidagi dron zarbalaridan söng maʼlum qilgan edi. Kompaniya Ryazan viloyatining Sasovo şahridagi data-markaz «jiddiy şikastlangani», Kalugada esa infratuzilmaning bir qismi işdan çiqqanini bildirgan.

T-Invariant Telegram-kanali uşbu ikki şahardagi zarbalar oqibatida «Yandeks»ning uçala superkompyuteri ham işdan çiqqan bölişi mumkinligini yozgan. Bu maʼlumot kompaniya tomonidan tasdiqlangani xabarda keltirilmagan.