Pul evaziga Rossiya armiyasiga yollangan 23 yoşli yigitga hukm öqildi. Kun.uz tanişgan sud hukmida keltirilişiça, Qoraqalpoğiston Respublikasining Amudaryo tumanida yaşovçi, 2001 yilda tuğilgan Şerzod Qutlimuratov 2023 yil dekabr oyida Rossiyaning Moskva şahriga işlaş maqsadida borgan.

U 2024 yil 5 fevral kuni bir martalik 195 ming rubl, keyinçalik 240 ming rubl miqdoridagi oylik maoş evaziga Ukrainaga qarşi harbiy harakatlarda iştirok etiş uçun Rossiya Mudofaa vazirligining Moskva şahar bölimi bilan şartnoma tuzgan.

Şerzod Qutlimuratov «Avangard» nomli harbiy lagerda maxsus harbiy jangovar tayyorgarlikdan ötgan va öqçi etib tayinlangan. Ammo u 2024 yil 9 fevral kuni harbiy lagerdan qoçib, «Moskva-Urganç» reysi orqali Amudaryo tumanidagi doimiy yaşaş manziliga qaytib kelgan.

Şerzod Qutlimuratov sudda aybiga iqror bölib, bu işga pul uçun qöl urganini ta’kidlagan.

«2023 yilning dekabr oyida işlaş maqsadida otam bilan Rossiyaning Kaluga şahriga bordik. Ammo u yerda iş topa olmagaç, Moskva şahriga yöl oldik. Avvaliga quriliş işlarida, keyinçalik tungi klubda barmen bölib işladim.

Bir kuni avtobus bekatida Rossiya Mudofaa vazirligining kontrakt asosida harbiy xizmatga taklif qiliş mazmunidagi reklamasini körib qoldim va qönğiroq qildim. 2024 yil 4 fevral kuni işdan ketib, Moskva şahridagi Yabloçkovo mavzesida joylaşgan mudofaa bölimiga bordim. U yerda meni Xorazm viloyatidan bölgan notaniş şaxs kutib oldi va nega kelganimni söradi. Pul zarurligini tuşuntirdim. U menga agar maxsus harbiy operatsiyada qatnaşsam, keyinçalik Rossiya fuqaroligi berilişini aytdi. Söngra ma’lumotlarimni yozib olib, tegişli hujjatlarni töldirdi. 

Bölimda meni tibbiy körikdan ham ötkazişdi va qaysi bölimda xizmat qilişni istaşimni söraşdi. Men öqçi askar sifatida xizmat qilişni xohlaşimni aytdim. Şartnoma tuzib, menga plastik karta berişdi. Boşida bir martalik 195 ming rubl, keyinçalik har oyda 240 ming rubl oylik maoş berişlarini, faqat pul mablağlari harbiy tayyorgarlikdan ötib, jangga kirgaç tölanişini tuşuntirişdi», degan u.

Şerzod Qutlimuratovga agar şartnoma tuzilib bölganidan söng xizmatdan boş torsa, bu javobgarlikka sabab bölişi haqida tuşuntirilgan. Şu tariqa, uni boşqa köngillilar bilan birgalikda Moskva oblastida joylagan «Avangard» harbiy lageriga olib borişgan. Lagerda ular öqotar quroldan, drondan foydalaniş, maxsus okoplarda harakatlaniş böyiça amaliy maşğulotlar ötagan.

Qutlimuratov uç kun mobaynida uşbu maşğulotlarda iştirok etgan. Biroq lagerda Mixail ismli şaxs uruşda qanday yaralanganini aytib bergaç, xato qilganini tuşunib, otasi kasal bölib qolganini bahona qilgan holda qisqa ta’til söragan. Söngra Moskva şahriga yetib kelib, Özbekistonga qaytgan.