Hukumat «Vazirlar Mahkamasining «Transport vositalarini majburiy texnik körikdan ötkaziş tartibini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qarorni qabul qildi.
Özgartirişlarga köra:
- yuridik şaxslarning transport vositalarini texnik körikdan ötkaziş joylarini Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati bölinmalari tomonidan belgilaş tartibi bekor qilinmoqda;
- tadbirkorlik sub’yektlariga M1, M2, M3, N1, N2, N3 toifadagi transport vositalarini texnik körikdan ötkaziş xizmatini körsatişga ruxsat berilmoqda;
- Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan texnik körik xizmatini körsatuvçi tadbirkorlik sub’yektlarining ustavlari nusxasini talab qiliş amaliyoti bekor qilinmoqda;
- texnik körik xizmatini körsatuvçi tadbirkorlik sub’yektlarining elektron tizimlari Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatining «Texnik körik» moduli bilan integratsiya qilinişi kerak.
Şuningdek, transport vositasini texnik körikdan ötkaziş uçun jismoniy va yuridik şaxslar YaIDXP yoki Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi orqali murojaat qoldirişlari mumkin. Bunda murojaat elektron tarzda tadbirkorlik sub’yektiga yuboriladi. Transport egalariga texnik körik ötkaziş vaqti va joyi haqida onlayn xabarnoma yuboriladi.












