Federal qidiruv byurosining texnik mutaxassislari Pensilvaniyadagi miting çoğida AQŞ prezidentligiga nomzod bölgan Donald Trampga qarata öq uzgan 20 yoşli Tomas Mettyu Kruksning telefoniga kiriş imkoniyatiga ega böldi va uning elektron qurilmalarini örganişda davom etmoqda. Bu haqda Federal qidiruv byurosining 15 iyul kuni e’lon qilingan bayonotida aytiladi.

Press-relizda Kruksning telefoni haqidagi boşqa tafsilotlar keltirilmagan. The New York Times naşri qayd etişiça, mutaxassislar gumonlanuvçining yozişmalarini, brauzerlar tarixi va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini tahlil qilmoqda. FQB xabarida ular Kruksning telefoniga qanday qilib kira olgani oçiqlanmagan, NYT naşri esa qurilmaga parol örnatilgan bölganini yozgan.

Kruksning motivlari haqida hozirgaça heç qanday ma’lumot yöq.

Respublikaçilarning AQŞ prezidentligiga nomzodi Donald Trampga suiqasd 13 iyul kuni, siyosatçi Pensilvaniya ştatining Batler şahridagi mitingda çiqiş qilayotganida sodir etilgandi. Trampga qarata bir neça öq uzilgan, öqlardan biri uning öng quloğini tilib ötgan. Otişma natijasida mitingga kelganlardan biri halok bölgan, yana ikki kişi yaralangan. Hujum qilgan şaxs Maxfiy xizmat xodimlari tomonidan otib öldirilgan.

FQB xabarida aytilişiça, sönggi ikki kun davomida maxsus xizmatlar 100 dan ortiq kişini (jumladan, otişma röy bergan miting iştirokçilarini va «boşqa guvohlar»ni) söroq qilgan. «Ular hozirgaça yiğgan ma’lumotlar gavdalantiradigan narsa uning [Kruksning] portreti emas, böş ramkadir», — deyiladi The New York Times materialida.

Hozirça Kruks Trampning saylovoldi mitingi bölib ötgan joydan taxminan 70 kilometr masofada joylaşgan Betel-park (Pensilvaniya ştati) şaharçasida tuğilgani ma’lum. 2022 yilda u mahalliy maktabni tamomlagan, a’lo baholari uçun Milliy matematika va tabiiy fanlar taşabbusining 500 dollar miqdoridagi mukofotini qölga kiritgan.

The Washington Post ma’lumotiga köra, Kruks ota-onasi bilan yaşagan. U öz uyidan bir neça daqiqalik masofada joylaşgan qariyalar uyi oşxonasida işlagan. Muassasa administratori Marsi Grimm Pensilvaniyadagi otişma haqidagi xabardan karaxt holatga tuşganini aytgan. Uning sözlariga köra, Kruks bu joyda işlaş vaqtida heç qanday muammo tuğdirmagan va «uning biografiyasi toza bölgan». Ayol uning işga joylaşiş tafsilotlarini muhokama qilişdan boş tortib, markaz rahbariyati tergov bilan hamkorlik qilayotganini aytgan.

FQB hozirça Kruksning cuiqasdga tayyorgarlik haqidagi biror bayonotini aniqlamagan, u şuningdek heç qaçon tergov kuzatuvi ostida bölmagan. The New York Times manbasi sözlariga köra, uning internetdagi harakatlarida hozirça heç qanday noodatiy holat qayd etilmagan. U şaxmat va videoöyinlar öynaşni yoqtirgan, şuningdek dasturlaş bilan şuğullangan. Şu bilan birga, Kruksda maşhur ijtimoiy tarmoqlarda, xususan feysbuk va instagramda öz nomidagi profil bölmagan. Discord platformasi ma’muriyati gumonlanuvçi bilan aloqador akkaunt aniqlanganini aytgan, ammo unga juda kam kirilgan va u suiqasdga tayyorlaniş uçun uşbu akkauntdan foydalanganiga biror dalil yöq.