Avstraliya hukumati bundan ön yil avval Donbass hududi uzra urib tuşirilgan va 300 ga yaqin odamning ölimiga sabab bölgan Malaysia Airlines yölovçi samolyoti uçun Rossiyani javobgarlikka tortişga va’da berdi. Avstraliya taşqi işlar vaziri Penni Vong 17 iyul, çorşanba kuni Kanberrada ötkazilgan xotirlaş marosimida qurbonlar qarindoşlari va mehmonlar oldida mamlakat "Rossiyani javobgarlikka tortiş urinişlarida töxtamasligi"ni aytib ötdi.
"Men 2014 yil 17 iyulda sodir etilgan jinoyatlar uçun haqiqat, adolat va javobgarlikka bölgan umumiy majburiyatimizni tasdiqlayman, - dedi Vong. - Qayğu bizni heç qaçon tark etmaydi, ammo vaqt va muhabbat uning oğirligini kamaytirişi mumkin".
Boeing 777'ning Donbassdagi halokatiga oid tergov
MH17 reysi bilan Amsterdamdan Kuala-Lumpurga uçgan Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing 777 yölovçi layneri 2014 yil 17 iyul kuni Ukraina şarqida, mamlakat qurolli kuçlari va rossiyaparast ayirmaçilar örtasida harbiy amaliyotlar olib borilayotgan hududda urib tuşirilgan. Natijada 298 kişi, jumladan 38 nafar Avstraliya fuqarolari halok böldi.
Fojiadan keyin tuzilgan xalqaro qöşma tergov guruhi (JIT) ekspertlari samolyot rossiyaparast kuçlar nazorati ostidagi hududda joylaşgan "Buk" tizimi tomonidan otilgan 9M38 seriyali raketasi bilan urib tuşirilgan degan xulosaga keldi. Tergovçilar "Buk" Ukraina hududiga Kursk yaqinida joylaşgan 53-Rossiya havo hujumidan mudofaa brigadasidan kirganiga va fojiadan köp ötmay, çegara orqali Rossiya hududiga qaytarilganiga işonçi komil.
MH17 işi böyiça Haaga sudining qarori
2022 yil noyabrida Haaga okrug sudi özini mustaqil deb e’lon qilgan «DXR» sobiq «mudofaa vaziri» Igor Girkin (Strelkov), general-mayor Sergey Dubinskiy va Leonid Xarçenkoni fojiada aybdor deb topib, ularni sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qildi, şuningdek, qurbonlarning qarindoşlariga jami 16 million yevro tölaşni buyurdi.
Rossiya Haaga sudining MH17 işi böyiça çiqargan hukmini siyosiy asosli, deb atadi.












