Vazirlar Mahkamasi qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga yöl harakati xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Unga köra, tez tibbiy yordam maşinalari, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlar uçun alohida davlat raqamlari joriy etilmoqda.

Individual harakatlaniş vositalarida (elektrosamokat, elektr skeytbordlar, segveylar, unisikllar, monoğildirak va boşqalar) 14 yoşdan kiçik şaxslarning boşqarişi, piyodalar ötiş joyida harakatlaniş, odam taşiş, telefondan foydalaniş va boşqalar kabi bir qator taqiqlovçi çoralar joriy etilmoqda.

Individual harakatlaniş vositalarini boşqarayotgan şaxslar yöl harakati qoidalariga rioya qilişi, trotuarlardan, piyodalar yölkalaridan, piyoda va velosiped yölkalarida soatiga 10 kmdan oşmaydigan tezlikda, ular bölmaganda esa yöl çetida soatiga 20 km tezlikdan yuqori bölmagan tezlikda harakatlanişi kerak böladi.

Skuterlar va mopedlarning harakatlanişini (3.5.1), şuningdek, individual harakatlaniş vositalarini boşqarişni (3.34) taqiqlovçi yangi yöl belgilari joriy etilmoqda.