Avvalroq Jo Bayden koronavirus yuqtirib olgani xabar qilingan edi.
U X ijimoiy tarmoğida “Men betobman” deb tvit qoldirdi. Uning ostidan esa “Men uşbu saylovni sotib olişga harakat qilayotgan Ilon Mask va uning boyvaçça tanişlaridan könglim ayniyapti”, deb yozgan.
Öz postiga Bayden öz saylovoldi kampaniyasiga mablağ yiğiş uçun havola qoldirgan. Saylovçilar uçun möljallangan saytda “Trampni töxtatiş” uçun yordam berişga çaqirilgan va buning uçun 10 dollardan 2000 dollargaça yoki istalgan mablağni xayriya qiliş taklif etilgan.
Ilon Mask Jo Bayden va uning komandasini bir neça bor tanqid ostiga olib, bölajak saylovlarda respublikaçilarning ğalabasi zarur ekani töğrisida gapirgan. 27 iyun kuni Bayden nönoqlarça ötkazgan ilk teledebatlardan söng Mask oçiqçasiga Trampni qöllay boşlagan. Trampga suiqasd uyuştirilganidan söng Ilon Mask töliq sobiq prezident tarafida ekanini aytib, uning tezroq soğayib ketişini tilagan.
13 iyul kuni Bloomberg naşri Ilon Mask Trampning saylovoldi kampaniyasini moliyalaştiruvçi America PAC qömitasiga sobiq prezident mablağ yiğiş böyiça Baydenni ortda qoldirganidan söng katta miqdordagi pul ötkazib berganini xabar qildi. The Wall Street Journal öz manbalariga tayanib, Mask qömitaga har oy 45 mln dollar ötkazib berişga tayyor ekanini yozgan.













