President Tech Award bu — Özbekiston prezidenti taşabbusi bilan ötkaziladigan, sovrin jamğarmasi 1 million dollarni taşkil qiluvçi tanlov bölib, Özbekistonning eng iste’dodli va kreativ dasturçilarini birlaştiradi hamda ularga öz startaplarini taşkil etiş va hukumatdan moliyaviy yordam oliş imkoniyatini taqdim etadi.

Tanlovning maqsadi yoş IT-mutaxassislarga özlarini namoyon qiliş va öz mahoratlarini körsatib beriş, şuningdek, ularni tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişga va mamlakatning innovatsion salohiyatini rivojlantirişga ruhlantirişdan iborat. 1 million dollarlik sovrin jamğarmasi esa startapni amalga oşiriş uçun ajoyib poydevor bölib xizmat qiladi. Tanlaş uçun bir neçta yönalişlar mavjud:

•       Sun’iy intellekt texnologiyalari;

•       Kompyuter yoki mobil öyinlarni işlab çiqiş;

•       Micro-Saas va AdTech sohasidagi texnologik yeçimlar;

•       Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar;

•       Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar.

Har bir yönaliş böyiça 3 ta sovrinli örinlar belgilangan:

•       1-örin — $100 000

•       2-örin — $50.000

•       3-örin — $30 000

Şuningdek, çet elliklar ham iştirok etişi mumkin bölgan maxsus yönaliş — xakaton ham mavjud. Xakaton 15-25 sentabr kunlari bölib ötadi, unda 100 000 dollarlik mukofot bilan faqat bitta sovrinli örin mavjud. Uşbu bosqiç davomida iştirokçilar quyidagi yönalişlardan birida loyihani tayyorlaş, amalga oşiriş va taqdim etişlari kerak böladi:

•       Sun’iy intellekt texnologiyalari;

•       Ta’limda raqamli texnologiyalar;

•       Soğliqni saqlaşda raqamli texnologiyalar;

•       Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;

•       Agrosanoat va yaşil energetika sohasidagi texnologiyalar.

2023 yilda ötkazilgan tanlovning birinçi tölqini 4000 nafardan ortiq yoş dasturçilarni jalb qilib, 400 dan ortiq jamoalar şakllantirilgan edi.