IT Park Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda sovrin jamğarmasi 1 million dollarni taşkil etuvçi “President Tech Award” tanlovining ikkinçi tölqini boşlanganini e’lon qiladi.

President Tech Award — bu har yili Özbekiston Respublikasi Prezidenti taşabbusi bilan ötkaziladigan tadbir bölib, uning maqsadi yoş IT-mutaxassislarni qöllab-quvvatlaşdir. Ötkazilayotgan tanlov yoş dasturçilarni birlaştiriş orqali ularga öz startaplarini yaratiş va tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş, şuningdek, birinçi moliyalaştirişni qölga kiritiş va mamlakat raqamli iqtisodiyotini rivojlantirişga salmoqli hissa qöşiş imkonini beradi. “President Tech Award” tanlovining birinçi tölqini 400 dan ortiq jamoalarni şakllantirgan 4000 nafardan ziyod yoş IT-mutaxassislarni jalb qilgan edi.

“President Tech Award” tanlovining asosiy vazifasi — xalqaro miqyosda raqobatlaşa oladigan yuqori sifatli dasturiy yeçimlarni yaratişni ilgari suriş orqali mahalliy IT-sanoatni rivojlantirişni rağbatlantirişdir. Ikkinçi mavsum uçun jamoalardan arizalarni qabul qiliş 2024 yil 20 avgustgaça davom etadi, şundan söng iştirokçilarni dastlabki saralaş va butkemp boşlanadi. 

Asosiy yönalişlar röyxatiga quyidagilar kiradi: sun’iy intellekt texnologiyalarini yaratiş, kompyuter yoki mobil öyinlarni işlab çiqiş, Michro-Saas va AdTech sohalarida texnologik yeçimlar, ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar, tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar. Mahsulotning innovatsionligi, funksionalligi va hayotning turli jabhalarini yaxşilaş salohiyati baholaşning muhim mezonlari hisoblanadi.

Umumiy sovrin jamğarmasi 1 million dollarni dollarni taşkil etadi va u har bir yönalişdagi eng istiqbolli uçta loyiha örtasida taqsimlanadi. Asosiy yönalişlar böyiça tanlovda Özbekiston Respublikasining 16 yoşdan 30 yoşgaça bölgan barça fuqarolari iştirok etişi mumkin. 5 ta asosiy yönalişlardan birida iştirok etiş uçun 3-8 kişidan iborat jamoa yiğilişi talab etiladi.

Tanlov bir neça bosqiçda ötkaziladi:

20 avgustgaça jamoalardan arizalar qabul qilinadi.

1 avgustdan 31 avgustgaça iştirokçilarni dastlabki saralaş ötkaziladi.

5 avgustdan 30 avgustgaça Bootchamp bölib ötadi, unda iştirokçilar xalqaro darajadagi tadbirkorlar bilan muloqot qiliş va IT va biznes yönalişlari böyiça öquv intensivlariga taşrif buyuriş orqali öz bilimlarini oşirişlari va yangi könikmalarga ega bölişlari mumkin.