President Tech Award raqamli texnologiyalar sohasidagi startaplar uçun möljallangan. Tanlov inkubatsiya, akseleratsiya va «Eng yaxşi startap» yönalişlari böyiça ötkaziladi. Unda moliyaviy texnologiyalar, sun’iy intellekt, davlat xizmatlari uçun raqamli yeçimlar, ta’lim, tibbiyot, logistika, öyinlar industriyasi va boşqa texnologik sohalardagi loyihalar iştirok etişi mumkin.
Tanlovda Özbekiston fuqarolaridan taşkil topgan jamoalar qatnaşadi. Inkubatsiya bosqiçida jamoa 2 nafardan 5 nafargaça, qolgan ikki yönalişda esa 3 nafardan 8 nafargaça iştirokçidan iborat bölişi kerak.

President Tech Award’ning umumiy mukofot va investitsiya jamğarmasi 5 million dollarga teng. Tanlov doirasida 70 tagaça startap jamoasi qöllab-quvvatlanişi rejalaştirilgan.
President AI Award esa sun’iy intellekt asosidagi yeçimlar işlab çiquvçi startaplar uçun taşkil etilgan. Loyihalar davlat boşqaruvi, sanoat va biznes, soğliqni saqlaş, ta’lim hamda yaşil iqtisodiyot va agrotexnologiyalar kabi beşta yönaliş böyiça qabul qilinadi.
Unda 18 yoşdan katta iştirokçilardan iborat 3–8 kişilik jamoalar qatnaşişi mumkin. Tanlov Özbekiston fuqarolari bilan bir qatorda mamlakatda doimiy yaşovçi fuqaroligi bölmagan şaxslar uçun ham oçiq.
President AI Award’ning umumiy investitsiya jamğarmasi 1 million dollarni taşkil etadi. Har bir yönaliş böyiça uçtadan ğolib loyiha tanlanadi va jami 15 ta startap investitsiya jalb qiliş imkoniyatiga ega böladi.
Arizalar awards.gov.uz platformasi orqali qabul qilinmoqda.
Tanlovga oid yangiliklar, muhim e’lonlar va iştirokçilar uçun qöşimça ma’lumotlarni quyidagi Telegram kanallari orqali kuzatib boriş mumkin:
Reklama huquqi asosida

















