AQŞ razvedka idoralari hozirça sobiq prezident Donald Trampga suiqasd qilgan Tomas Metyu Kruksning xorijiy davlatlar bilan aloqasi bölganiga oid alomatni aniqlamadi, deb yozdi The New York Times (NYT).

«Uning çet elda şeriklari yoki aloqalari borligi haqida heç qanday dalil topilmadi», deb yozdi naşr öz manbalariga tayanib.

Şu bilan birga, gazetaning qayd etişiça, Kruksning smartfonini örganiş asosida ekspertlar u Trampni ham, amaldagi prezident Jo Baydenni ham kuzatayotgani haqidagi xulosaga kelgan.

«FQB rasmiylari Kongressdagi tinglovda Trampni öldirmoqçi bölgan şaxs Tramp, Bayden va boşqa jamoat arboblarini kuzatib turganini aytdi», deb yozdi NYT.

«Uning smartfoni xotirasini skanerlaş uning ruhiy salomatligi bilan boğliq muammolar borligini körsatdi — u Trampni öldirişga undagan jinoiy tarix yoki aniq siyosiy qaraşlarga ega emas edi», deyiladi maqolada.

Şu bilan birga, Kruks internet öyinlari platformalaridan birida ogohlantiriş sifatida tan olingan yozuv qoldirgan. Unda «13 iyul kuni premiyera qiliş» niyati haqida yozgan, keyinçalik, aynan şu kuni Trampga qarata öq uzgan.

Tergovning fikriça, Kruks harakatlarining asosiy sababi ruhiy tuşkunlik bölgan.

13 iyul kuni saylovoldi taşviqoti paytida Trampga suiqasd uyuştirildi. U jarohat oldi, voqea iştirokçilaridan biri halok böldi. Keyinroq sobiq prezident özini yaxşi his qilayotganini aytdi. Maxfiy xizmat xodimlari suiqasd qilgan şaxs öldirilganini ma’lum qildi. Uning harakatlari sabablarini aniqlaş davom etmoqda.