AQŞ prezidenti lavozimiga qayta saylanişga intilayotgan Donald Tramp Respublikaçilar partiyasidan davlat rahbari lavozimiga körsatilgan nomzodlik böyiça nominatsiyani qabul qildi va şu tariqa rasmiy nomzodga aylandi. 18 iyul, payşanba kuni keçqurun Viskonsin ştatining Miluoki şahrida bölib ötgan Respublikaçilar partiyasining milliy qurultoyida nutq sözlagan Tramp «Amerika yarmining emas, balki butun Amerikaning» prezidenti bölişni xohlaşini aytdi. 

Donald Tramp, uning sözlariga köra, mamlakatni vayron qilayotgan AQŞ amaldagi prezidenti Jo Baydenni keskin tanqid qilib, xalqni yaqinlaşib kelayotgan falokatdan faqat uning özi qutqarişga qodir ekanini ta’kidladi. Tramp öziga qarşi qözğatilgan jinoiy işlarni demokratik fitnaning bir qismi deb atadi. 

Migrantlarga qarşi bayonotlar

Donald Tramp öz nutqida muhojirlarga qattiq hujum qilib, ularni bilvosita «çiqindi» deb atadi. «Ular hamma joydan kelişadi. Biz butun dunyo uçun çiqindixonaga aylanganmiz va ular bizni ustimizdan kulişadi. Ular bizni ahmoq deb öylaşadi», dedi AQŞ prezidentligiga nomzod va Amerikaga kirib kelayotgan muhojirlar deyarli faqat jinoyatçilar va psixiatriya şifoxonalari bemorlari ekanligi haqidagi fikrni takrorlarkan.

Migratsiya har doim Tramp uçun saylovoldi taşviqotining asosiy mavzusi bölib kelgan, biroq u sönggi yillarda öz ohangini keskinlaştirdi. Sobiq prezident muntazam ravişda muhojirlar va ozçiliklarga nisbatan haqoratli, nafrat va irqçilik sözlarini işlatadi. Boşqa narsalar qatorida, u ba’zi muhojirlar Qöşma Ştatlar «qonini zaharlayotgani»ni aytgan.

AQŞda navbatdagi prezidentlik saylovlari 5 noyabr kuni bölib ötadi. Trampning raqibi Oq uy amaldagi rahbari Jo Bayden bölib, uni Demokratik partiyadagi tobora köproq siyosatçilar yoşi kattaligi va soğliği bilan boğliq muammolar tufayli öz nomzodini olib taşlaşga çaqirmoqda.