AQŞ prezidentligiga Respublikaçilar partiyasidan nomzod Donald Tramp 13 iyul kuni Pensilvaniya ştatidagi miting vaqtida suiqasdni boşdan keçirganidan bir hafta ötib, 20 iyul kuni navbatdagi saylovoldi mitingini ötkazdi.

Tramp Miçigan ştatining Grand-Rapids şahrida öz tarafdorlari qarşisida çiqiş qildi. Mitingga u bilan senator Jyey Di Vens ham keldi, Tramp uni öz vitse-prezidenti sifatida tanlagan.

«Bu [suiqasd] soati va daqiqalarigaça roppa-rosa bir hafta oldin bölgandi. Men faqat qodir Xudoning inoyati bilangina bu sahnada sizning oldingizda turibman. Men hozir bu yerda bölmasligim kerak edi», — degan Tramp mitingda.

Öz tarafdorlariga murojaat qilarkan, Tramp «öz hayoti uçun immigratsiyadan qarzdorligi»ni aytgan. Avvalroq u suiqasd vaqtida migratsiya töğrisidagi grafikka qaraş uçun boşini ögirgani tufayli öqdan qoçib qolganini aytgandi.

Çiqişi davomida Donald Tramp yoppasiga deportatsiya işlarini amalga oşirişga va’da bergani va siyosiy muxoliflarini bartaraf etiş bilan tahdid qilgani uçun özini demokratiyaga tahdid deb atagan tanqidçilariga javob qaytargan. «Ular aytişda davom etişmoqda: „U demokratiya uçun tahdid“ deb. Ötgan haftada men demokratiya uçun öq qabul qilib oldim», — degan Tramp gulduros qarsaklar ostida.

Associated Press agentligi qayd etişiça, Trampning çiqişi oldidan Grand-Rapids şahrida qöriqlov kuçaytirilgan. Köplab köçalar yopilgan, deyarli har bir kvartalda politsiyaçilar turişgan yoki otlar va velosipedlarda navbatçilik qilişgan, şahar uzra dronlar uçib yurgan. Miting ötkazilgan arena hududiga kirişda metallodetektor örnatilgan. Şu bilan birga, agentlik baholaşiça içkaridagi xavfsizlik çoralari oldingi mitinglardagidan deyarli farq qilmagan.

  • Donald Trampga suiqasd 13 iyul kuni Pensilvaniyaning Batler şahrida röy bergandi. Trampga qarata bir neça öq uzilgan, ulardan biri siyosatçining öng quloği yuqorisini tilib ötgan. Suiqasd çoğida miting iştirokçilaridan biri halok bölgan, yana ikki tomoşabin yaralangan. Trampga öq uzgan 20 yoşli Tomas Mettyu Kruks AQŞ Maxfiy xizmati mergani tomonidan yöq qilingan.
  • The Washington Post gazetasi ma’lumotiga köra, davlatning birinçi şaxslarini qöriqlaş bilan şuğullanuvçi AQŞ Maxfiy xizmati suiqasdgaça ikki yil mobaynida Donald Trampni qöriqlaşni kuçaytiriş böyiça sörovlarni rad etib kelgan. AQŞ Maxfiy xizmati rahbari Kimberli Çitl avvalroq Trampga suiqasd uyuştirilganida javobgarlikni öz zimmasiga olişini ma’lum qilgandi.