Ijtimoiy tarmoqlarda Guliston şahrida 12 yoşli bolani dökon sotuvçisi urgani aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat nazoratga olingani va IIB tomonidan örganilayotganini ma’lum qildi.

Ma’lum qilinişiça, 2024 yil 20 iyul kuni Bolalar ombudsmaniga fuqaro D.J. (ayol) murojaat qilgan. U murojaatida, 2011 yilda tuğilgan öğli Guliston şahridagi dökondan narsa xarid qilib, QR-kodli çek söragani uçun sotuvçi bolani haqoratlab, bir neça bor uning yuziga urganini bildirib, sotuvçiga qonuniy çora körişni söragan.

Qayd etilişiça, Bolalar ombudsmani sörovi asosida içki işlar organlari tomonidan bolaga nisbatan sodir etilgan qonunga zid harakat örganilmoqda. Bu borada qöşimça ma’lumot beriladi.