Polşa Yevropa Ittifoqini Qöşma Ştatlarda amerikaliklarga hamkorlik muhimligini körsatadigan kampaniya boşlaşga çaqirmoqda. «Tarixning uşbu muhim pallasida biz birgalikda Qöşma Ştatlarda Yevropa Ittifoqiga nisbatan strategik kommunikatsiyalar orqali transatlantik aloqalarni mustahkamlaş uçun tezkor va qat’iy çoralar körişimiz zarur», — deyiladi Yevropa Ittifoqi taşqi işlar vazirlari uçraşuvi uçun tayyorlangan hujjatda. Reuters undan parçalarni keltirdi.
Qöşma Ştatlardagi prezidentlik saylovlari arafasida zarur bölgan qadamlar qatoriga «Rossiya dezinformatsiyasining foş qilinişi doirasini kengaytiriş», şuningdek, «Yevropa hozirgi pozitsiyasini, diplomatiya afzalliklarini oydinlaştiradigan kampaniyalarni boşlaş kerak». «Biz Amerika jamoatçiligiga, ayniqsa, yoş avlodga önlab yillik hamkorligimiz AQŞ iqtisodiyotiga olib kelgan natijalarni eslatib turişimiz kerak», — deya qöşimça qiladi hujjat mualliflari.
Varşava Moskvani beqarorlaştirişga urinişda va AQŞ haqida yolğon ma’lumot tarqatişda ayblaydi
Polşa Varşava qöşni Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berişdagi roli tufayli Rossiyaning vaziyatni beqarorlaştiriş va saylovlarga aralaşiş uçun bir neça bor urinişlariga nişon bölganini bildiradi. «Biz köproq narsani kutişimiz kerak, çunki Ukrainani qöllab-quvvatlaşni zaiflaştiriş Rossiya uçun ustuvor vazifa bölib qolmoqda», - deya ta’kidlaydi hujjatni işlab çiquvçilar. Moskva Polşa tomonining ayblovlarini rad etdi.
Bundan taşqari, Polşa hujjatida aytilişiça, Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari va Kremlga yaqin onlayn platformalar AQŞga immigratsiya va çegara xavfsizligi haqida dezinformatsiya tarqatmoqda, immigratsiya ta’sirini buzib körsatmoqda va muhojirlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar haqidagi voqealarni yoritmoqda.
Ayni paytda, Kreml AQŞda 5 noyabrga belgilangan prezidentlik saylovlariga aralaşiş niyatini rad etdi. Moskva, şuningdek, Vaşingtonning 2016 va 2020 yillardagi prezidentlik saylovlariga aralaşganlik haqidagi ayblovlarini rad etib keladi.









