“Paxtaçilik sohasi korxonalarining iqtisodiy-moliyaviy holatini yaxşilaşga oid çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Paxta-töqimaçilik klasterlarini moliyaviy soğlomlaştirişga qaratilgan quyidagi çoralar belgilandi:
- Qişloq xöjaligini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş jamğarmasi kredit resurslari hisobidan 2023 yilgi paxta xomaşyosini yetiştiriş xarajatlari uçun tijorat banklari tomonidan ajratilgan imtiyozli kreditlarni 2024 yil 1 dekabrgaça töliq qaytargan klasterlarga uşbu kredit böyiça foiz tölovlari (bank marjasidan taşqari) 2025 yil 1 yanvarga qadar jamğarma hisobidan qaytarib beriladi;
- 2023 yilgi paxta xomaşyosini yetiştiriş xarajatlari uçun klasterlarga ajratilgan imtiyozli kreditlarning, mos ravişda jamğarmaning tijorat banklariga ajratgan kredit resurslarining qoldiğini qaytariş muddati tijorat banklarining ijobiy xulosasi asosida 2025 yil 1 aprelgaça uzaytiriladi.
2024 yil 1 avgustdan jamğarma kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar böyiça klasterlar ta’sisçilarining şaxsiy kafilligi qöşimça ravişda rasmiylaştiriladi.
Bölib-bölib tölaş şarti bilan sotib olingan va sotib oliş qiymatining 35 foizi va undan yuqori qismi tölangan paxta tozalaş zavodlari va paxta qabul qiliş maskanlarini jalb etiladigan kredit böyiça mulkiy majmua sifatida garovga qöyişga ruxsat beriladi.
Tugatilayotgan “Özpaxtasanoat” AJning mulkiy majmualarini sotib oliş böyiça klasterlar bilan tuzilgan oldi-sotdi şartnomalarida belgilangan tölov grafigi böyiça qarzdorliklar muddati 1 yilga uzaytiriladi.











