AQŞ maxfiy xizmati direktori Kimberli Çitl iste’foga çiqdi, deb xabar berdi CNN manbalarga tayanib. Bu haqda hali rasman e’lon qilinmagan.
Telekanalning ta’kidlaşiça, Çitl AQŞ prezidentligiga nomzod Donald Trampga suiqasd uyuştiriş bilan boğliq xavfsizlikni buziş holatlari yuzasidan tergov olib borilayotgan bir paytda Maxfiy xizmat rahbari lavozimini tark etişga qaror qilgan.
Çitl öz xodimlariga yuborgan xayrlaşuv xatida «Men xavfsizlikni ta’minlaşda katta xatoga yöl qöyganim uçun javobgarlikni öz zimmamga olaman» deb yozilgani ta’kidlanmoqda.
Çitlning iste’fosi Trampga suiqasd uyuştiriş holati böyiça AQŞ Kongressida körsatma berganidan bir kun ötib sodir bölmoqda. Çitl, sodir bölgan voqea razvedka xizmatining sönggi ön yilliklardagi eng katta muvaffaqiyatsizligi ekanligini tan oldi. Biroq u qonunçilarga hodisa tafsilotlarini oçiqlaşdan boş tortdi va bu ularning noroziligiga sabab böldi.
Natijada, Respublikaçilar palatasining Nazorat qömitasi raisi Jyeyms Komer va yuqori darajadagi demokrat Jyeymi Raskin Çitlni iste’foga çiqişga çaqirdi. Raskin, şuningdek, «Çitl mamlakat tarixidagi juda muhim va nozik bir paytda Kongress işonçini yöqotganini» ta’kidladi.
AQŞ Maxfiy xizmati prezident, vitse-prezident, ularning oila a’zolari va prezidentlikka nomzodlarni himoya qiliş uçun javobgardir. Kimberli Çitl 2022 yilda departament direktori etib tayinlangan. Donald Trampga suiqasd uyuştirilganidan söng u iste’foga çiqişdan boş tortdi, biroq Trampga suiqasd uyuştiriş uçun mas’ul ekanini tan olgan edi.












