Xalqimizda köza kunda emas, kunida sinadi, degan gap bor. Çorvoq suv havzasida yuz bergan holat – 19 yoşli fuqaroning gidrosiklda katamaranga borib urilişi oqibatida 2 kişining halok bölişi “kunida singan köza” böldi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 260-moddasi (Temiryöl, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatildi. Şu bahona biz masalaning “parda ortida” qolayotgan qismiga nazar taşlamoqçimiz.

Çorvoqdagi halokat

20 iyul kuni soat 14:30 larda Toşkent viloyati Böstonliq tumanidagi Çorvoq suv omborining Burçmulla suv havzasida baxtsiz hodisa sodir böldi: suv havzasiga dam oliş maqsadida kelgan Zangiota tumanida istiqomat qiluvçi 19 yoşli fuqaro gidrosikl haydaş vaqtida boşqaruvni eplay olmay, qarşisidagi katamaranga borib urilgan. Oqibatda katamaranda bölgan 2 nafar Farğona viloyatidan kelgan fuqaro olgan tan jarohati tufayli voqea joyida vafot etgan.

4 yil oldingi taqiq

Vazirlar Mahkamasining 2020 yilning 10 iyul kuni «Turizm sohasini tiklaş va rivojlantiriş uçun qulay şart-şaroitlarni yaratiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilingandi.

Mazkur qaror bilan Çorvoq suv omborida barça turdagi motorli suv transporti vositalarining harakatlanişi taqiqlangan.

«Çorvoq suv omborida motorsiz, muqobil energiya manbalarida harakatlanuvçi hamda maxsus vazifalarni bajariş vakolatiga ega bölgan vazirlik va idoralarning motorli suv transporti vositalaridan taşqari barça motorli suv transporti vositalarining harakatlanişi taqiqlanadi», deya aniq belgilab qöyilgan qarorda.

Bu taqiqni kim nazorat qilişi kerak edi?

Taqiq bilan “tengdoş” prokuratura

Prezidentning 2020 yil 27 avgustdagi «Böstonliq tumanida boşqaruvning alohida tartibini joriy etiş orqali turizmni jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonida, Boş prokuratura tizimida ixtisoslaştirilgan prokuratura taşkil etilişi körsatilgan edi.

Makzkur ixtisoslaştirilgan prokuratura zimmasiga tabiatni muhofaza qiliş, yer va tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, hududning ekologik holatini yanada yaxşilaş hamda ekoturizmni rivojlantirişga oid qonun hujjatlari ijrosi ustidan samarali nazoratni taşkil etiş vazifalari yuklatilgan.