Rossiya mudofaa vazirining sobiq örinbosari, bu lavozimda armiyaning moddiy-texnik ta’minoti uçun mas’ul bölgan Dmitriy Bulgakov korrupsiyaga qarşi iş doirasida Moskvada uşlandi va tergov izolyatoriga taşlandi, deb xabar bermoqda FXX. Bulgakov aprel oyidan buyon hibsga olingan Rossiya mudofaa vazirligi tizimidagi yettinçi yuqori martabali şaxs böldi.
Maxsus xizmatlar iş tafsilotlarini oçiqlamagan. 69 yoşli general Bulgakov uşlangani haqida xabar bergan Rossiya tergov qömitasi ham iş detallariga töxtalmagan, faqat bu «korrupsiya faoliyatiga oid» jinoiy iş ekanini ta’kidlagan.
Vazirning sobiq örinbosari sud qaroriga köra Moskvadagi «Lefortovo» tergov izolyatoriga joylaştirilgan. Sud qaçon bölib ötganiga FXX ham, Tergov qömitasi ham aniqlik kiritmagan.
Armiya generali Bulgakov mudofaa vaziri örinbosari lavozimida 2008 yildan 2022 yil sentabriga qadar işlagan. U RF qurolli kuçlarining moddiy-texnik ta’minoti uçun mas’ul bölgan. 2016 yilda unga Rossiya Qahramoni unvoni berilgan.
Joriy yil aprelda mudofaa vaziri örinbosari Timur Ivanov ham korrupsiyada ayblanib qölga olingandi. Mudofaa vaziri Sergey Şoygu esa hukumatning yangi tarkibidan örin olmadi va Rossiya xavfsizlik kengaşi kotibi lavozimiga ötkazildi, uning örinbosarlarining barçasi lavozimini tark etdi.
Bulgakov 2022 yil kuzida, Rossiyada harbiy safarbarlik boşlangan mahalda işdan ketgandi. Mudofaa vazirligi uning iste’fosini boşqa işga ötişi bilan izohlagandi. Generalning yangi lavozimi haqida rasman xabar berilmagan. Bu Mudofaa vazirligida Ukrainadagi uruş boşlanganidan keyingi davrdagi ilk iste’fo bölgandi.
Bulgakov köp yillar mobaynida qurolli kuçlarning içki işlariga javob bergan, moddiy-texnik ta’minot tizimi, qöşinlarni qurol-yaroğ, harbiy texnika va moddiy vositalar bilan ta’minlaş, ularni saqlaş, işlatiş, modernizatsiya qiliş, ta’mirlaş va utilizatsiya qiliş, harbiy taşuvlarni taşkil etiş böyiça faoliyatga rahbarlik qilgan, deya yozadi «Interfaks».
2015-2017 yillarda Bulgakov Ukrainani aylanib ötadigan temiryöl qurilişi bilan boğliq masalalarga mas’ul bölgan, şuningdek Suriyadagi Rossiya qöşinlari ta’minoti bilan şuğullangan, deya qayd etadi «Kommersant».
Anonim manbaga havola qilgan holda «RIA Novosti» Bulgakov öz xizmat mavqeyidan foydalangan holda Lipetsk oblastidagi «Gryazinskiy oziq-ovqat kombinati» OAJ manfaatlarini ilgari surganini xabar qilgan. Joriy yil aprelida kombinatning uç nafar top-menejeri hibsga olingandi. Ular mudofaa vazirligi ehtiyojlari uçun oziq-ovqat yetkazib berişni notöğri taşkil etişda ayblangan.













