Xitoyning ba’zi banklari yuanni yaşirinça «toza» va «iflos»ga bölişni boşladilar. Ular ikkinçisini Rossiya kompaniyalari bilan operatsiyalarda işlatiladigan valuta deb hisoblaydi. Bu haqda 26 iyul, juma kuni biznes vakillariga tayanib, «Vedomosti» gazetasi xabar berdi.
Manbalardan biriga köra, Xitoy banki AQŞ sanksiyalariga duçor bölgan Moskva birjasida sotib olingan yuanni qabul qilişni istamagan holat bölgan. Yana bir suhbatdoş Xitoy banklari «rus iziga ega bölgan har qanday yuan bilan işlaşni istamasligini, «sof» yuanni afzal körişini» ta’kidlab, yanada aniqroq gapirdi. Xitoy banklari, agar valuta Rossiya kompaniyalari yoki jismoniy şaxslari bilan operatsiyalarda işlatilgan deb gumon qilsa, yuan bilan muomala qilişdan boş tortişi mumkin, dedi boşqa manba. Şu bilan birga, bankirlar yuan qayerdan sotib olinganini aniq bila olmaydi, biroq «Vedomosti» suhbatdoşlari ta’kidlaganidek, «ular Rossiya banklaridan keladigan yoki hujjatlarga köra Rossiya bilan boğlangan valutadan boş tortadi».
Naşr suhbatlaşgan ekspertlarga köra, Xitoy biznesi Rossiya bilan bitimlar uçun AQŞ tomonidan sanksiyalar qöllanişidan xavotirda. Bundan taşqari, Xitoyning AQŞ va YeI bilan taşqi savdosi hajmi Pekin Moskva bilan eksport-import operatsiyalaridan oladigan puldan bir neça baravar köp.
2023 yil oxirida Rossiya biznesi uçun Xitoy banklari bilan dollarda hisob-kitob qilişga aloqador qiyinçiliklar boşlangan. Bu AQŞ prezidenti Jo Bayden uçinçi davlatlar banklari Rossiya harbiy-sanoat kompleksiga yordam bersa, ularga qarşi sanksiyalar joriy etilişini ma’lum qilganidan keyin yuz berdi.









