Farğona viloyati Quvasoy şahrida turk investori iştirokida boşlangan, keyin şahar hokimi bilan boğliq mojaro kelib çiqqan loyiha – boğça bolalarini keytering usulida ovqatlantiriş xizmati öz işini boşlamoqda.

Viloyat hokimi Xayrulla Bozorov 25 iyul kuni imzolagan qarorga köra, “Garden Catering” xususiy korxonasi 1 avgustdan e’tiboran Quvasoy şahrida joylaşgan, ovqatlantirişning autsorsing usuli yölga qöyilmagan davlat boğçalariga keytering xizmatini körsata boşlaydi.

Bu amaliyot hujjatda “keytering usulida soğlom ovqatlantiriş” deya nomlangan va tajriba-sinov natijalaridan kelib çiqib, yil yakuniga qadar Farğona şahridagi davlat boğçalariga ham joriy etilişi belgilangan.

Şahar hokimi loyihani öziniki qilib olişga uringanlikda ayblangan edi

Kun.uz bu loyiha haqida şu oy boşida suriştiruv e’lon qilgan edi. Unda loyiha taşabbuskori bölgan fuqaro Muazzam Ibrohimova va turkiyalik investor Ali Kirlangiç Quvasoy şahri hokimi Zafar Töraqulovni loyihani öziniki qilib olişga uringanlikda ayblagan edi. Hokim ayblovlarni rad etgan bölsa-da, Kun.uz ta’sis etilgan firmadagi 40 foizlik uluş hokimning qarindoşi nomiga rasmiylaştirilganini aniqlagandi.

Viloyat hokimining qarorida keltirilişiça, 1 avgustdan boşlanadigan loyihani “Garden Catering Trade” MÇJ qöşma korxonasi amalga oşiradi. Bu – Kun.uz suriştiruvida söz borgan “Turan Catering International”dan boşqa korxona (şu yil 21 iyunda röyxatdan ötkazilgan, ta’sisçilar ham boşqa şaxslar), lekin u ham Quvasoy şahrining Pakana mahallasida joylaşganidan kelib çiqilsa, hokim bilan boğliq mojaro ortidan keytering loyihasining muassisi özgargani anglaşiladi.

Quvasoyda iş boşlagan keytering korxonasi / Foto: Namangan viloyati hokimligi

Muassis özgargaç, vazirlik bilan kelişiş talabi bekor qilingan bölişi mumkin

Suriştiruv davomida Kun.uz boğlangan hokim Zafar Töraqulov loyihani işga tuşiriş uçun bolalarni ovqatlantiriş masalasida Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi bilan kelişiş kerakligini aytgandi. Biroq loyiha muassisi özgargaç, mahalliy rasmiylar vazirlik bilan kelişuv talabini olib taşlagan bölişi mumkin, çunki belgilangan tartibda tender ötkazilmagan, vazirlik Kun.uz'ga taqdim etgan izohda ham kelişuv bölgani haqida aytilmagan.